Foto: US Marshals Service
AQSH sud ijrochilari xizmati eng ko‘p qidirilgan qochoqlardan biri deb hisoblanuvchi erkakning shaxsini 50 yildan ko‘proq vaqt o‘tgach aniqladi. Bu haqda «RIA Novosti» xabar berdi.
Teodor Konrad 1969 yilda bankda ishlagan va 215 ming dollar (hozirgi qiymatda 1,6 million dollar) o‘margan — juma kuni kechqurun u ishdan pul solingan qog‘oz qop bilan chiqqan. O‘g‘rilik haqida bir necha kundan keyin ma’lum bo‘lgan.
Voqeadan uch oy o‘tgach, jinoyatchi deyarli topilgan. U Gavayi mehmonxonasidagi barda er-xotin bilan gaplashganidan keyin juftlik uni televideniye reportajida ko‘rsatishganini eslab, tanib qolgan. Shunga qaramay, Konrad 50 yildan ko‘proq vaqt davomida yashirinishga muvaffaq bo‘lgan.
1970 yildan beri Konrad Boston chekkasida Tomas Rendel ismi bilan yashab kelgan. Konrad o‘zining yangi familiyasi bilan tuzib kelayotgan hujjatlarni tekshirish orqali jinoyatchining izlari topildi.
Ammo erkakni javobgarlikka tortishning iloji bo‘lmadi: u may oyida saraton kasalligidan vafot etgan. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Endi operatsiyadan so‘ng kesmalar o‘rni ikki barobar tezroq bitishi mumkin
KXDR Rossiyaga 100 minggacha harbiy yuborishi mumkin
Organizm o‘zini toksinlardan qanday tozalaydi?
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...
Ijtimoiy tarmoqlar davrida ruhiy salomatlikni qanday saqlash mumkin?