16:43 / 17.11.2021
2 547

Ronaldu va Messining pullarini qo‘shganda ham, Maykl Jordan ularga "dam beradi

Ronaldu va Messining pullarini qo‘shganda ham, Maykl Jordan ularga "dam beradi
Futbolchilarning moliyaviy imkoniyatlarini hisob-kitob qilish bilan shug‘ullanuvchi SPORTISO nashri barcha zamonlardagi eng katta daromad olgan sportchilarning top-25 ro‘yxatini taqdim etadi.

"Chikago Bulz" safida 6 bor Milliy basketbol assotsiatsiyasi (NBA) chempionligini qo‘lga kiritgan Makl Jordan ro‘yxatni boshqarib turibdi. Uning ishlab topgan pullari futbol olami qirollari Ronaldu va Messinikini qo‘shib hisoblaganda ham ko‘proq ekanligi oydinlashdi.

1. Maykl Jordan (basketbol) – 2,62 mlrd;
2. Tayger Vuds (golf) – 2,1 mlrd;
3. Arnold Palmer (golf) – 1,5 mlrd;
4. Jek Niklaus (golf) – 1,38 mlrd;
5. Krishtianu Ronaldu (futbol) – 1,24 mlrd;
6. Floyd Meyvezer (boks) – 1,2 mlrd;
7. LeBron Jeyms (basketbol) – 1,17 mlrd;
8. Lionel Messi (futbol) – 1,14 mlrd;
9. Mixael Shumaxer (avtopoyga) – 1,13 mlrd;
10. Rojer Federer (tennis) – 1,12 mlrd;
11. Fil Mikelson (golf) – 1,08 mlrd;
12. Devid Bekxem (futbol) – 1,05 mlrd;
13. Kobi Brayant (basketbol) – 930 mln;
14. Shakil O′Nil (basketbol) – 870 mln;
15. Greg Norman (golf) – 815 mln;
16. Mayk Tayson (boks) – 775 mln;
17. Aleks Rodriges (beysbol) – 650 mln;
18. Menni Pakyao (boks) – 630 mln;
19. Kevin Dyurant (basketbol) – 625 mln;
20. Lyuis Xemilton (avtopoyga) – 620 mln;
21. Neymar (futbol) – 615 mln;
22. Jeff Gordon (avtopoyga) – 595 mln;
23. Oskar de la Xoyya (boks) – 580 mln;
24. Peyton Menning (amerikancha futbol) – 570 mln
25. Derek Jiter (beysbol) – 555 mln.

Ushbu ro‘yxatda 5 ta basketbol va shuncha golf bilan shug‘ullanadigan sportchini uchratish mumkin. Top-25 da golfning ulushi (6.875 milliard dollar) boshqalarnikidan kattaroq. Ikkinchi pog‘onada basketbol (6,215 milliard dollar) bormoqda. Aslida, golfning bu ro‘yxatga kiritilgani adolatdan emas. Uni 30, hatto, 40 yil davomida o‘ynash mumkin. Shu bois, golfchida reklama roliklari, gonorarlar, sovrin jamg‘armasi ulkan bo‘lgan musobaqalarda ishtirok soni bir necha barobar ko‘proq bo‘lishi tabiiy.

Golfdan farqli o‘laroq, basketbolda katta g‘alabalarga erishish murakkab. Yashil maydonda soatiga juda katta pul to‘lab o‘ynaladigan golfdan ko‘ra, ko‘chadagi barcha uchun imkoniyat taqdim etuvchi basketbolda nom qozonish qiyinroq. Asosan, ijtimoiy kelib chiqishi nochor bo‘lgan oilalarda tug‘ilgan bolalar MBAda harakat qilish orzusi bilan yashaydi. Ular sayyoramizda bir necha 10 millionni tashkil etishi aniq. Ular orasidan "yorib" chiqib, yulduz darajasiga qadar yetishish qay darajada murakkab ekanligini tasavvur qilyapsizmi? Agar statistik ma’lumotlarga e’tibor qaratsak, MBA (NBA) barcha ligalardan ko‘ra yaxshiroq maosh to‘laydi. Undagi sportchilar o‘rtacha yiliga 8,25 million dollar haq oladi. Klublar nafaqat superyulduzlar, balki jamoaning eng yosh o‘yinchisiga ham olti xonali raqamlar ko‘rsatilgan shartnomalar taklif etadi.

Maykl Jordanning ro‘yxatni boshqarib turgani bejiz emas. U o‘z kapitalining atigi 6 foizinigina NBA klublari bergan maosh orqali yiqqan. Qolgan (94 foiz) barchasi "Nike", "Gatorade", "Hanes", "Upper Desk" va boshqa brendlar bilan imzolangan homiylik shartnomalari ortidan kelgan pullar.

Maykl 2003 yilda professional basketbolni tark etgach, 2021 yilga qadar "Nike" bilan o‘rtadagi shartnomasi ortidan 1,35 milliard dollar ishlab topdi. U "Nike" ishlab chiqaradigan oyoq kiyimlaridan tushadigan daromadning bir necha foizinigina oladi, biroq bu juda katta summa. Misol uchun, 2021 yildagi savdodan kelgan daromad evaziga uning bankdagi hisob raqamiga 150 million dollar tushishi taxmin qilinmoqda. Uning kapitali shartnomadagi ayrim bandlar sababli o‘sib boraveradi.

"Jordan Brand" uning daromadining katta qismini tashkil etadi. "Nike" kompaniyasi bilan hamkorlikda ochilgan brend bugungi kunda futbolchilar orqali ham daromad qilishni boshlab yuborgan. Basketbol afsonasi PSJ hujumchisi Lionel Messining futbolkasi sotuvidan 2021/21 yilgi mavsum so‘ngida 10 million dollar sof daromad qiladi. Gap shundaki, uning yana bir kompaniyasi "Air Jordan" Parij klubining texnik hamkori sanaladi. Jamoa uchun liboslarni yetkazib bergani uchun unda jersilar sotuvidan tushadigan pullarning ma’lum qismiga egalik qilish huquqi mavjud.

Yaqin bir necha yillar davomida bu ro‘yxatda hech kim Jordanni quvib o‘ta olmaydi. Agar shunday "mard" topilsa, u ham boshqa bir MBA yulduzi LeBron Jeyms bo‘lishi mumkin. U Maykldan farqli o‘laroq, professional karerasini ancha uzoq davom etishi uchun qo‘lidan kelgan barcha ishni amalga oshirmoqda. Katta ehtimol bilan, tez orada Jeyms "Nike" bilan abadiy davom etishi ko‘zda tutilgan shartnomaga qo‘l qo‘yadi. Bu kelishuv ortida kompaniya uning hisob raqamiga turli bonuslarni qo‘shib hisoblaganda, 1 milliard dollar o‘tkazib berishi shart.

Afsuski, Kobi Brayant o‘z biznes imperiyasining gullayotganini ko‘ra olmaydi. MBAning 5 karra chempioni 2020 yilning yanvar oyida aviahalokat sababli olamni erta tark etdi. Shunga qaramay, uning investitsiyalari allaqachon katta daromadlar olib kelishni boshlagan.

2014 yilda basketbolchi energetik ichimliklar ishlab chiqaruvchi "Body Armor"ning 10 foiz aksiyasini 6 million dollarga sotib olgan edi. Bir necha oy avvalroq "Body Armor" to‘liq "Coca Cola" brendi tomonidan sotib olindi. Ortda qolgan 7 yil davomida kompaniyaning aksiyalari narxi bir necha barobar ko‘tarildi. SPORTISO bergan ma’lumotlarga suyanadigan bo‘lsak, bu aksiyalarni bugungi kundagi narxi allaqachon 400 million dollardan oshib ketgan.

Shakil O'Nil Kobi Brayant bilan birgalikda "Leykers" safida ko‘plab sovrinlarga ega chiqqan. Uni basketbolchidan ko‘ra, TNT kanalidagi ekspert sifatidagi faoliyati yorqinroq chiqqan, desak, adashmagan bo‘lamiz. Uning juda omadli biznesmen ekanligidan esa, ko‘pchilikning xabari yo‘q.

Qahramonimiz NBAdagi faoliyati va turli reklamalardan 492 million dollar ishlab olgan. Bu summa uning bugungi kundagi kapitalining 5/1 qismini ham tashkil etmaydi. Gap shundaki, Shakil o‘z pullarini barchasini to‘g‘ri investitsiya qilish evaziga bugungi ro‘yxatimizdan o‘rin egallagan.

Shakil ko‘chmas mulk birjasidagi eng faol "o‘yinchi"lardan biri. 2019 yilning 22 mart sanasida esa, "Papa John's Pizza" brendining aksiyalarini sotib olib, direktorlar kengashi a’zosiga aylandi. 2021 yilda u "Sakramento Kings" basketbol jamoasidagi kichik aksiyalarni 11 million dollarga sotib, barcha pullarni "WynnBet" kompaniyasining rivojlanishi uchun sarfladi. U turli teleshoularda ishtirok etishni xush ko‘radi. Kuchli jurnalistlar oldida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik uchun Shak bir necha yillardan beri aktyorlik mahorati va nutqini rivojlantirish maqsadida dars olishni to‘xtatmayapti. Doim ekranlarda ko‘rinish bergani, o‘zining kulgili hazillari sababli MBA o‘yinlarini translyatsiya qiladigan telekanallar Shakil bilan ekspert sifatida shartnoma imzolash uchun bir necha millionlik shartnomalar taklif etishda davom etmoqda. Bu esa, o‘z-o‘zidan unga reklama yuzasidan murojaat etuvchi kompaniyalarning soni keskin ortib ketishiga sabab bo‘lyapti. Ma’lumotlarga qaraganda, O'Nil har yili reklamaning o‘zidan 60 million dollardan ortiq pul ishlab topadi.

Ronaldu va Messining bu ro‘yxatda paydo bo‘lishini taxmin qilish mumkin, biroq faqat AQSHdagina ulardan mashhurroq bo‘lgan basketbolchilarni kutganmidingiz? To‘g‘ri, bu ro‘yxatda Devid Bekxemni ham uchratish mumkin. U ham o‘z kapitalini Amerika Qo‘shma Shtatlaridagi bizneslari orqali yangi darajaga ko‘tarib olgani hech kimga sir emas. Katta ehtimol bilan, Ronaldu va Messi ham faoliyatining so‘nggi qismini MLSda o‘tkazadi. Aks xolda, Kevin Dyurant va Shakil O'Nil ularni top-25 ro‘yxatida quvib o‘tishi aniq.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ronaldu va Messining pullarini qo‘shganda ham, Maykl Jordan ularga "dam beradi