12:00 / 19.11.2021
3 743

Jo Baydenning reytingi rekord darajada pasayib ketdi

Jo Baydenning reytingi rekord darajada pasayib ketdi
Foto: Reuters
Quinnipiac universiteti tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovlarga AQSH prezidenti Jo Baydenning faoliyatini amerikaliklarning 36 foizigina ma’qullamoqda, deb xabar beradi «Kommersant’». Bu yangi tarixiy minimum hisoblanadi. Bundan oldingi eng past natija oktabr oyida — so‘rov ishtirokchilarining 38 foizini uni qo‘llab-quvvatlangan vaqtda qayd etilgandi.

Respondentlarning 53 foizi Baydenning faoliyatini ma’qullamaydi (bir oy oldingi natijadan 1 foizga ko‘p). Amerikaliklar prezidentning ishini to‘rt sohada eng yomon deya baholagan: iqtisodiyot (Jo Bayden faoliyatini 34 foizi qo‘llab-quvvatlagan), koronavirus pandemiyasiga qarshi kurash (45 foiz), tashqi siyosat (33 foiz), iqlim o‘zgarishlariga qarshi kurash (41 foiz).

So‘rov ishtirokchilarining qariyb yarmi (51 foizi) prezidentni to‘g‘ri inson deb hisoblamaydi, 42 foizi buning aksini bildirgan. Respondentlarning 57 foizi u yaxshi yetakchilik qobiliyatlariga ega emas degan bo‘lsa, so‘rov ishtirokchilarining 37 foizi bunga qo‘shilmagan. Shuningdek, 56 foiz respondent amaldagi AQSH administratsiyasini nokompetent deb atagan, 40 foizi esa buning aksini bildirgan.

Baydenning reytingini janubiy chegaradagi immigratsion inqiroz, Afg‘onistondagi va mamlakat iqtisodiyotidagi vaziyat pasaytirib yubordi. Oxirgi so‘rov shuni ko‘rsatdiki, AQSH fuqarolarining siyosatdan uzoq bo‘lgan va o‘zini demokratlar yoki respublikachilar tarafdori deb hisoblamaydigan qismi Amerika prezidentini eng ko‘p tanqid qiladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Jo Baydenning reytingi rekord darajada pasayib ketdi