
Qirg‘izistonda hokimiyatni kuch bilan egallab olishga urinishning oldi olindi. Bu haqda mamlakat Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi matbuot markaziga asoslanib xabar berildi.
«Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda mamlakatda hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallab olishni rejalashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘ydi», — deyiladi vazirlik xabarida.
Aytilishicha, guruhda sobiq amaldorlar va deputatlar ham bor. Ular poytaxt markazida namoyish uyushtirishni mo‘ljallashgan va buning uchun norozi kayfiyatdagi kishilarni yig‘ishga harakat qilishgan.
Eslatib o‘tamiz, 28 noyabr kuni mamlakatda navbatdan tashqari bo‘lgan parlament saylovlari o‘tkaziladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar