1 931
Ramzan Qodirov «badjahl va qattiqqo‘l yigitlarni» ayollarga nisbatan hurmatda bo‘lishga chaqirdi
Foto: «Kommersant’»
Onalar kunidan so‘ng Checheniston rahbari Ramzan Qodirov ayollarga nisbatan hurmat va g‘amxo‘rlikni kuchaytirish zarurligini ma’lum qildi, deb xabar beradi «Kommersant’». Uning ta’kidlashicha, musulmonlarga xos bo‘lmagan ushbu bayramni nishonlashning yomon tomoni yo‘q.
«Do‘stlar, islom va chechen an’analarining nozik jihatlarini farqlay olmaydigan insonlar chechen jamiyatida xotin-qizlarni yoqtirmaslik mavjud deb xato o‘ylaydi. Nima ham deymiz, hatto ayrim badjahl va qattiqqo‘l yigitlar onalar, opa-singil va turmush o‘rtoqlariga guldastalar, sovg‘a va iliq tabriklar orqali o‘z hurmatini bildirishni uyatli ish deya hisoblaydi. Ajoyib va nozik jins vakillariga nisbatan bu qadar qattiq bo‘lish kerak emas. Busiz ham ularga oson emas», — deb yozadi u o‘zining «VKontakte»dagi sahifasiga.
Qodirov o‘z postida respublika muftiysi Shayx Salah Mejiyevning Alloh «ayollarga nisbatan sabrli bo‘lish, ularga katta e’tibor qaratish va g‘amxo‘rlik qilish» va ayollarga o‘zi kabi munosabatda bo‘lishni o‘rgatgani haqidagi nasihatini eslab o‘tgan. Checheniston rahbarining fikricha, musulmonlarni Onalar kuni kabi musulmonlarga xos bo‘lmagan bayramni nishonlashda ayblayotganlar «hatto o‘z onalariga minnatdor bo‘lishni bilmaydigan» johillar hisoblanadi. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
20 yoshli o‘zbekistonlik qizni qarindoshi Turkiyaga sotib yubordi
Bayden va Jinping Peruda uchrashdi: «Agar bir-birimizni raqib deb bilsak, munosabatlarni buzamiz»