
Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba Rossiya Ukraina bilan urush qilishga qaror qilsa, katta yo‘qotishga uchrashini ta’kidladi. Bu haqda u Latviyaning Sargs.lv axborot portaliga bergan intervyusida aytib o‘tgan.
«Bizning qurolli kuchlarimiz salohiyati keskin o‘sdi. Agar Rossiya hali ham urushga kirishga qaror qilsa, u holda juda ko‘p sonli askarlarining halok bo‘lishiga to‘g‘ri keladi, hozir vaziyat 2014 yildagiday emas. O‘zaro urush oqibati qirg‘in bo‘ladi»,— dedi u.
Bundan tashqari, Kulebaning fikriga ko‘ra, Ukrainaga qilingan hujum Rossiyaning o‘ziga tahdid solishi mumkin.
«Mamlakat ko‘p yillar davomida o‘z aholisining miyasini yuvish, tashviqot vositalari orqali Ukrainani kamsitish uchun millionlab pul sarfladi. Biroq, shunga qaramay, Kreml Rossiya askarlarining Ukraina tomonidan cheksiz miqdordagi tobutlari keltirila boshlasa, Rossiya jamiyati qanday munosabatda bo‘lishini hali tushunmadi», —degan u. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar