Foto: Twitter / @218news
Liviya poytaxti Tripolida 15 dekabr kuni kechqurun qurollangan shaxslar prezident saroyini egalladi va hukumat hamda Mudofaa vazirligi binolarini qurshab oldi. Bu haqda Sky News Arabia’ga tayanib, «Korrespondent.net» xabar berdi.
Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat Prezident kengashi raisi va a’zolarining uylariga hujum uyushtirishga tayyorgarlik ketayotgani to‘g‘risida ma’lumotlar olingach, ular xavfsiz joyga ko‘chirilgan.
Ta’kidlanishicha, davlat muassasalarini egallab olishda ishtirok etgan harbiylar As-Samud brigadasining bataloni tarkibiga kiradi. Ular oldinroq «Liviyada prezidentlik saylovlari bo‘limasligini va Tripolidagi barcha davlat muassasalarini yopishlarini» ma’lum qilgandi.
Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvchilarining ma’lum qilishicha, qurollangan shaxslar infratuzilmaning ahamiyatga ega muhim ob’ektlarini egallab olgan. Shuningdek, mamlakat g‘arbidagi yirik shaharlarda bir nechta harbiy tuzilmalar jangovar shay holatga keltirilgan.
Sodir bo‘layotgan voqealar fonida Tripolining qator tumanlari elektr energiyasisiz qolgan.
Avvalroq Liviyada feldmarshal Haftar hamda Kaddafining o‘g‘li prezidentlik saylovlariga qo‘yilmasligi mumkinligi to‘g‘risida xabar berilgandi.
2011 yilda Liviya inqilobi yetakchisi Muammar Kaddafi ag‘darilib, qatl etilganidan so‘ng Liviyada yagona boshqaruv organi tuzishga muvaffaq bo‘linmadi. Mamlakatda qo‘sh hukumat o‘rnatildi: bir tomondan Tripolida Birlashgan Millatlar Tashkiloti tan olgan bosh vazir Faiz Sarraj boshchiligidagi Milliy kelishuv hukumati (MKH), boshqa tomondan Haftar tomonidan qo‘llab-quvvatlangan bosh vazir Abdulla Abdurahmon at-Tani boshchiligidagi muvaqqat hukumat. Prezidentlik saylovi 2019 yilning bahorida bo‘lib o‘tishi kerak edi, biroq Xalifa Haftar kuchlarining Tripoliga hujumi tufayli u noma’lum muddatga qoldirildi. Yangi sana Liviya siyosiy muloqot forumi yakunlariga ko‘ra belgilangan edi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi