3 271
AQSH Kennedining o‘ldirilishiga bog‘liq 1,5 mingga yaqin yangi materiallarni e’lon qildi
Foto: Time
AQSH Milliy arxivlar va hujjatlar boshqarmasi 1963 yilda mamlakatning 35-prezidenti Jon Kennedining o‘ldirilishiga oid tergovning yangi hujjatlarini e’lon qildi, deb xabar beradi «Kommersant’».
Ta’kidlanishicha, MRB, FQB, Davlat departamenti va AQSHdagi boshqa davlat tuzilmalariga oid 1491 ta hujjat bu boradagi ma’lumotlar oshkor etilishi boshlanganidan beri eng yirik jamlanmaga aylangan. Ular qatorida — rasman yolg‘iz-qotil hisoblanuvchi Li Xarvi Osvaldning SSSR va Kubaning Mexikodagi elchixonalari bilan aloqalariga oid ma’lumotlar mavjud.
E’lon qilingan hujjatlarning birida Li Xarvi Osvald Kennedini o‘ldirishidan bir necha oy oldin Kuba va SSSR elchixonalariga viza arizalari bilan tashrif buyurgani keltirilgan. Yana bir hujjatda ma’lum qilinishicha, Li Xarvi Osvald SSSR elchixonasining konsuli bilan uchrashgan, MRB versiyasiga ko‘ra, u KGBning «buyurtma qotilliklari bo‘limi» bilan bog‘liq bo‘lgan.
Eslatib o‘tamiz, 2017 yilda AQSHda KGB agentining Jon Kennedining o‘ldirib ketilishi haqidagi ish bo‘yicha ko‘rsatmalari e’lon qilingandi. E’lon qilingan materiallar orasida KGB (Sobiq Ittifoqda Davlat xavfsizligi qo‘mitasi) agenti Yuriy Nosenko bilan intervyudan 17 ta audiofayl bor, u 1964 yil yanvarida, Kennedining o‘limidan keyingina AQSHga qochib o‘tgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Jo Bayden: “Ba’zan xotinim meni kosmosga jo‘natish bilan tahdid qiladi”
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Rossiyalik deputat: «Oliy ma’lumotlilarning kurerlik qilishi — vatanparvarlikka zid»
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Apple dongdor ikki ayfonini rasman eskirgan deb e’lon qildi