15:36 / 22.12.2021
3 029

Ramzan Qodirov: «Turkiya Rossiyada jinoyat sodir etgan terrorchilarga boshpana berdi»

Ramzan Qodirov: «Turkiya Rossiyada jinoyat sodir etgan terrorchilarga boshpana berdi»
Foto: «RIA Novosti»
Checheniston yetakchisi Ramzan Qodirov o‘zining Telegram-kanali orqali Turkiya hukumatini «Rossiyada jinoyatlar sodir etgan terrorchilarni himoya qilishda» aybladi. Qodirov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘onni Turkiya terrorchilarni qo‘llab-quvvatlashi yoki Rossiya bilan «shaffof va halol munosabatlar» tarafdoriligini aniqlab olishga chaqirgan, deb xabar beradi Meduza.

«Aks holda, qidiruvdagi banditlar va bezorilar Turkiyadan boshpana topib, bog‘lar nomini minglab tinch aholining o‘limiga aloqador terrorchilar sharafiga o‘zgartirish bo‘yicha ochiqdan ochiq yig‘ilishlar va tadbirlar tashkil etar ekan, biz javob qaytarish huquqini saqlab qolamiz», — deb yozadi Qodirov.

Qodirov nomi o‘zgarayotgan bog‘lar deganda dekabr oyida Turkiya shimoli-g‘arbidagi Kyorfez shahridagi Johar Dudayev nomidagi bog‘ni nazarda tutgan ko‘rinadi. Checheniston rahbari bunga javoban Turkiyada umrbod qamoq jazosini o‘tayotgan Kurdiston Ishchilar partiyasi asoschisi Abdulla O‘jalan nomini abadiylashtirish «juda mantiqiy va siyosiy jihatdan shaffof» bo‘lishini aytgan.

Qodirov, shuningdek, Rossiya TIVni diqqatli bo‘lishga va «turk rasmiylarining amaldagi harakatlari Rossiya—Turkiya munosabatlariga bevosita tahdid» bo‘lgani sabab diplomatik choralar ko‘rishga chaqirgan.

Avvalroq Rossiya Tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova Turkiyada Johar Dudayev nomidagi bog‘ning ochilishini qoralagandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya «ekstremistlar, terrorchilar, jangarilar va kollaboratsionistlarga har qanday yodgorlik o‘rnatish bo‘yicha prinsipial pozitsiyaga» amal qiladi.

Eslatib o‘tamiz, oktabr boshida Istanbul Bosh prokuraturasi chechen muxolifatchilariga qurolli hujum uyushtirishga tayyorgarlik ko‘rganlikda ayblanayotgan to‘rt nafar Rossiya, shuningdek, Ukraina va O‘zbekiston fuqarolarini hibsga olgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: «Turkiya Rossiyada jinoyat sodir etgan terrorchilarga boshpana berdi»