Foto: “Zakon.kz”
27 dekabr kuni soat taxminan 21:40 larda Qozog‘istonning Olmaota viloyati hududidan o‘tgan Olmaota—Bishkek avtomobil yo‘lida ichida o‘zbekistonliklar bo‘lgan avtobus va Mercedes avtomobili ishtirokida yo‘l-tansport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar beradi “Zakon.kz”.
Ma’lum qilinishicha, YHT Olmaota—Bishkek avtomobil yo‘lining 105 kilometrida sodir bo‘lgan. Yo‘lning muzlagani oqibatida Mercedes-Benz E-Class va shaharlararo avtobus to‘qnashib ketgan. Yengil avtomobil sharqiy yo‘nalishda Olmaota tomon, avtobus esa g‘arbiy yo‘nalishda harakatlanayotgan bo‘lgan. To‘qnashuv oqibatida Mercedes jarlikka tushib ketgan, avtobus esa yon tomonga qulagan.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekiston fuqarolari ketayotgan avtobus to‘la bo‘lgan, Mercedes’da esa 6 kishi bo‘lgan.
YTH oqibatida Mercedes’da bo‘lgan uch kishi halok bo‘lgan, jumladan, avtobusning yengil mashina ustiga qulashi oqibatida qisilib qolgan bir qiz. Uning jasadi avtobus ko‘tarilganidan so‘nggina chiqarib olingan. Keyinroq Mercedes mashinasida haydovchining rafiqasi va ikki yo‘lovchi halok bo‘lgani ma’lum bo‘lgan.
Shuningdek, jabrlanganlar orasida avtobus va mashina haydovchilari, shuningdek, shifoxonaga yotqizilgan Mercedes’ning ikki yo‘lovchisi ham bor. Avtobus haydovchisi jiddiy jarohat olmagan, shifoxonada tibbiy yordam ko‘rsatilganidan so‘ng uyiga jo‘nab ketgan. Yengil avtomobil haydovchisi esa o‘ziga kelgan, ikki yo‘lovchining ahvoli og‘ir.
Qayd etilishicha, avtobusda bo‘lgan yo‘lovchilar hodisadan boshqa avtobusda manzilga olib ketilgan.
Foto: “Zakon.kz”
Foto: “Zakon.kz”
Foto: “Zakon.kz”
Foto: “Zakon.kz”
Foto: “Zakon.kz”
Ta’kidlanishicha, YTHdan so‘ng, avtobus yo‘lovchilari ko‘chada havo sovuq bo‘lgani sabab gulxan yoqqan. Ular avtobusdan o‘z buyumlarini olib ketish uchun, uning to‘g‘irlanishini kutishgan.
Foto: “Zakon.kz”
Foto: “Zakon.kz”
Eslatib o‘tamiz, 2020 yilning martida Qozog‘istonda 26 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan avtobus ag‘darilib ketgan, 2019 yilda Qozog‘istonda Rossiyadan qaytayotgan o‘zbekistonliklar ishtirokida YTH sodir bo‘lishi oqibatida bir kishi halok bo‘lgan, 2018 yil yanvarida Aqto‘be viloyati hududida ichida O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan avtobus yonib ketgan va 52 o‘zbekistonlik halok bo‘lgan edi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ayrim boshqaruv servis kompaniyalari shartnomalarida asossiz shartlar belgilangani aniqlandi
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
NATO bosh kotibi Ukrainaning frontdagi ahvoli yomonlashganini tan oldi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
Shols va Putin o‘rtasidagi suhbat Kiyevga signal bo‘ldi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Turkiyaning Harper's Bazaar nashri yil ayolini aniqladi (foto)
KXDR yetakchisi dronlarni ommaviy ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni buyurdi