Foto: Getty Images
«Putinning odamlari» kitobini nashr etgan Britaniyaning HarperCollins nashriyoti kitobda rossiyalik milliarder Alisher Usmonovning tilga olinishi yuzasidan keltirilgan ma’lumotlarga tuzatishlar kiritdi. Bu haqda biznesmenning vakiliga tayanib, «RBK» xabar berdi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, kitobning 2020 yilda chiqqan birinchi nashrida Usmonov o‘zining «Gazprom»dagi mavqeidan boyligini oshirish yo‘lida foydalangani bo‘yicha ishonchsiz ma’lumotlar keltirilgan.
Kitobning tuzatish kiritilgan nashridan, shuningdek, Usmonov Britaniya elitasini «sotib olishga» yoki unga «kirishga» uringani va uni Kremlning «ishonchli odami» sifatida qabul qilishgani to‘g‘risidagi so‘zlar chiqarib tashlangan.
Usmonov vakilining ta’kidlashicha, kitobga o‘zgartirish kiritishga suddan tashqari jarayonda kelishilgan. Usmonovning ish bo‘yicha sherigi Farxad Moshirining aniqlik kiritishicha, milliarder tomonidan e’tiroz bildirilgan bayonotlar allaqachon kitobning elektron va audio versiyalaridan o‘chirilgan va ular yangi bosma nashrlarda ham bo‘lmaydi.
«Putinning odamlari» kitobi Financial Times’ning Moskvadagi sobiq muxbiri Ketrin Belton tomonidan yozilgan. 2020 yilda «Putinning odamlari» Britaniyaning The Times, The Sunday Times va Daily Telegraph gazetalari tomonidan yil kitobi deya tan olingan.
Mazkur kitob chiqqanidan so‘ng, rossiyalik milliarderlar Mixail Fridman, Pyotr Aven, Roman Abramovich, shuningdek, biznesmen Shalva Chigirinskiy va «Rosneft» kompaniyasi HarperCollins’ni sudga bergan. Fridman, Aven va Abramovich ham bunga qadar kitobga tuzatish kiritishga erishgan.
Avvalroq Forbes 2020 yilda Alisher Usmonovning boyligi 5 milliard dollarga ortganini ma’lum qilgan edi. USM Holdings kompaniyasining asoschisi va asosiy aksiyadori dunyo milliarderlari ro‘yxatida 99, rossiyalik milliarderlari ro‘yxatida yettinchi o‘rinni egallagandi. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilning ikki vaziriga sanksiya qo‘llamoqchi
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Donald Tramp 27 yoshli Karolin Levittni Oq uy matbuot kotibi etib tayinlamoqchi
Borrel YEIning Isroil bilan muloqotini to‘xtatishni taklif qildi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Rossiya armiyasi Kupyanskka kirgani aytilmoqda
Buyrak salomatligi uchun eng foydali sabzavot...