11:49 / 30.12.2021
1 579

Ukraina—Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 5 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi

Ukraina—Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 5 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi
Foto: Ukraina chegara xizmati
Lugansk chegara bo‘linmasi Ukraina xavfsizlik xizmati xodimlari bilan davlat chegarasini noqonuniy ravishda kesib o‘tgan shaxslarni qo‘lga oldi. Bu haqda Ukraina chegara xizmati xabar berdi.

29 dekabrga o‘tar kechasi Ukraina qahramoni polkovnik Yevgeniy Pikus nomidagi chegara bo‘linmasining harbiy xizmatchilari Ukraina—Rossiya chegarasida besh kishini qo‘lga oldi. Qo‘lga olingan shaxslarning barchasi O‘zbekiston fuqarolari ekani aytilmoqda. Qonunbuzarlarga Rossiya hududiga kirish uchun taqiq qo‘yilgani sabab ular chegarani noqonuniy ravishda kesib o‘tishga uringan.

Ushbu fuqarolarga nisbatan mamlakat Jinoyat kodeksining 204-1-moddasi 2-qismi (Ukraina davlat chegarasini noqonuniy kesib o‘tish yoki noqonuniy kesib o‘tishga urinish) bo‘yicha ma’muriy huquqbuzarliklar to‘g‘risida bayonnoma tuzilgan.

Ta’kidlanishicha, O‘zbekiston fuqarolari ma’muriy javobgarlikka tortiladi va o‘z vataniga majburan qaytarib yuboriladi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina—Rossiya chegarasini noqonuniy kesib o‘tishga uringan 5 nafar o‘zbekistonlik qo‘lga olindi