
«Garri Potter» filmlarida Germiona Greynjer roli bilan ma’lum bo‘lgan britaniyalik aktrisa Emma Uotson Drako Malfoyni gavdalantirgan Tom Feltonga oshiq bo‘lgani haqida aytib berdi. Bu haqda Daily Mail xabar berdi, deb yozadi «Korrespondent.net».

Foto: Getty Images
Aktrisaning aytishicha, u har kuni suratga olish maydonchasiga kelib, Tomni qidirgan. Mashg‘ulot xonasiga kirganida ulardan surat chizishni so‘ralgani, Tom esa skeytbord uchayotgan qiz chizganini, shunda Emma uni sevib qolganini tushunib yetganini qo‘shimcha qilgan.
Shunga qaramay, Germionaning barcha urinishlari besamar bo‘lgan: Felton unga o‘z singlisidek munosabatda bo‘lgan. Ular bir-biridan 3 yoshga farq qiladi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar