06:30 / 02.01.2022
2 892

Ramzan Qodirov: «Ukraina Rossiyaning tarkibiga qo‘shilishi kerak»

Ramzan Qodirov: «Ukraina Rossiyaning tarkibiga qo‘shilishi kerak»
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov agar Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Rossiyaga qarshi siyosatini davom ettirsa, Ukraina Rossiyaga qo‘shib olinishi mumkinligini aytdi. Bu haqda RIA “Novosti” xabar tarqatdi.

Ishonchim komilki, agar janob Zelenskiy va uning jamoasi shunday yo‘l tutsa, Ukraina bizning mamlakatimizga qo‘shib olinishi kerak. Ukrainaliklar bizning xalqimiz, bu bizning hududimiz. Bu mening fikrim”, – dedi Qodirov yakshanba kuni Grozniyda o‘tkazilgan matbuot anjumanida.

Shuningdek, u Ukraina muammosini o‘zi hal qilishga tayyorligini aytdi.

Agar menga ko‘rsatma berilganida, bu masalani ancha oldin hal qilgan bo‘lardim. Yo Chechenistonni Ukrainaga qo‘shgan bo‘lardim, yoki men uni allaqachon olgan, masalani u yerda hal qilgan bo‘lardim. Lekin bunday qarorlar qabul qilishga yo‘l qo‘ymaydigan davlat bitimlari bor”, – dedi Checheniston rahbari.

Uning qo‘shimcha qilishicha, G‘arb davlatlari Ukrainada o‘z harbiy bazalarini tashkil etishdan va shu orqali Rossiyaga shart qo‘yishdan manfaatdor.

Prezidentimiz bunga yo‘l qo‘ymasligiga ishonchim komil. Biz esa, piyoda askarlar, hech qanday muammosiz borishga va buyruqni bajarishga tayyormiz. Chunki davlat va xalqimizning yaxlitligi, xavfsizligi eng muhimi”, – dedi Qodirov.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ramzan Qodirov: «Ukraina Rossiyaning tarkibiga qo‘shilishi kerak»