07:00 / 05.01.2022
1 697

Ukraina armiyasi Donbassdagi maktabga kuchlarini tortib kelmoqda

Ukraina armiyasi Donbassdagi maktabga kuchlarini tortib kelmoqda
Ukraina armiyasi Donbassdagi jang chizig‘idagi Valuyskoye qishlog‘ida joylashgan maktabda o‘t ochish pozitsiyalarini jihozlamoqda. Bu haqda Lugansk xalq respublikasi (LXR) Xalq militsiyasi rasmiy vakili Ivan Filiponenko ma’lum qildi.

O‘tgan sutka davomida 27 dekabr kuni ukrain millatchi jangarilari tomonidan egallab olingan bu aholi punktining maktabida millatchilar taktik bo‘linmasi shtabini kengaytirish va sinflarda o‘t ochish pozitsiyalarini jihozlash davom ettirildi”, - dedi u.

Filiponenkoning so‘zlariga ko‘ra, bino oldida qurollangan, razdedka artilleriya qurilmariga ega ko‘plab kishilarni ko‘rish mumkin.

U Kiyev tomonidan umumta’lim maktab binosidan jangovar bo‘lim shtabi va ukrain artilleriyasining boshqarish punkti sifatida foydalanishi o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi bitim va xalqaro gumanitar huquqni jiddiy buzilishi ekanini ta’kidladi.

Donbassda 2020 yilning yozidan buyon sulhni ta’minlashning qo‘shimcha choralari amal qiladi. Ular o‘t ochishni, aholi punktlarida va ular yaqinida qurol-aslahalarni joylashtirishni, hujumkor va razvedka-qo‘poruvchilik harakatlari to‘liq taqiqlashni o‘z ichiga oladi. Shuningdek, pozitsiyalarni jihozlash va tutash chizig‘i yaqinida dronlardan foydalanish taqiqlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukraina armiyasi Donbassdagi maktabga kuchlarini tortib kelmoqda