Rossiyada Nexia va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 o‘zbekistonlik vafot etdi

Rossiyada Nexia va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 o‘zbekistonlik vafot etdi
Foto: Leningrad viloyati qutqaruv xizmati
Rossiyaning Leningrad viloyatida 5 yanvar kuni Daewoo Nexia va tez yordam mashinasi to‘qnashib ketdi. Bu haqda «78.ru» xabar qilmoqda.

Qayd etilishicha, yo‘l-transport hodisasi shu kuni soat 19:23 da M-10 avtomagistralining 637-kilometrida sodir bo‘lgan. O‘zbekiston fuqarosi (1995 yilda tug‘ilgan) Nexia avtomobilini boshqarib borayotib, qarama-qarshi yo‘lakka chiqib ketgan va Ford Transit mashinasiga borib urilgan.
Rossiyada Nexia va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 o‘zbekistonlik vafot etdi
Foto: Leningrad viloyati qutqaruv xizmati
Oqibatda mashina ichidagi yo‘lovchi (1991 yilda tug‘ilgan) voqea joyida, boshqa bir yo‘lovchi (1995 yilda tug‘ilgan) shifoxonaga olib ketilayotganda vafot etgan. Qurbonlarning ikkisi ham O‘zbekiston fuqarolari bo‘lgan. Shuningdek, tez yordam feldsheri (1977 yilda tug‘ilgan) o‘rtacha og‘irlikdagi tan jarohati bilan kasalxonaga yotqizilgan.
Rossiyada Nexia va tez yordam mashinasi to‘qnashishi oqibatida 2 o‘zbekistonlik vafot etdi
Foto: Leningrad viloyati qutqaruv xizmati
Qayd etilishicha, Nexia haydovchisi 2021 yilda ham yo‘l harakati qoidalarini buzgani uchun ikki marta ma’muriy javobgarlikka tortilgan.

Haydovchi qo‘lga olinib, izolyatorga joylashtirilgan. Unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda holat yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda.
Zamin.uz saytini Google'ga qo'shing"Zamin"ni Telegram'da o'qing!
Zamin AI bilan muhokama qilingYangilikni tahlil qiling, foydali maslahatlar oling

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar