
Rossiya Fanlar akademiyasining Amaliy matematika instituti 2095 yilda 2021 UL 17 asteroidining Yerga xavfli yaqinlashishi haqida xabar berdi. Bu haqda «Roskosmos» federal kosmik agentligiga tayanib, «TASS» yozmoqda.
«Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 2095 yilning 5 aprelida Yerga xavfli yaqinlashish bashorat qilinmoqda va hozirgi vaqtda to‘qnashuv ehtimoli bor-yo‘g‘i 0,02 foizni tashkil etadi», — deya ta’kidlanadi «Roskosmos» ma’lumotida.
Institut 2029 yilda Yerga yaqinlashadigan Apofis asteroidi haqidagi ma’lumotlarga ham aniqlik kiritdi. Ular to‘qnashuv ehtimoli «juda kichik» ekanligini ta’kidladilar. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar