15:35 / 09.01.2022
3 197

Habib Nurmagomedov Qozog‘istondagi voqealar borasida o‘z fikrini bildirdi

Habib Nurmagomedov Qozog‘istondagi voqealar borasida o‘z fikrini bildirdi
Foto: UFC
Yengil vazn toifasida UFC sobiq chempioni Habib Nurmagomedov Qozog‘istonda bo‘lib o‘tayotgan voqealarga o‘z munosabatini bildirdi.
Sobiq sportchi o‘z Instagram sahifasida quyidagicha izoh yozib qoldirdi.

- "Barchaga assalomu alaykum. Qozog‘istonda bo‘layotgan voqealardan juda xavotirdaman. Yaqin orada birodarlarimiz yerida tinchlik, totuvlik va osoyishtalik hukm suradi, deb umid qilaman", - dedi Habib Nurmagomedov.

Qozog‘istondagi vaziyat 2 yanvar kuni Janao‘zen shahrida (Mang‘istov viloyatidagi shahar) suyultirilgan gaz narxining ikki baravar oshishiga qarshi mitinglar boshlanganidan so‘ng keskinlashdi. Chiqishlar iqtisodiy va siyosiy talablar bilan butun mamlakat bo‘ylab ommaviy norozilik namoyishlariga aylanib ketdi. 4 va 5 yanvar kunlari Olmaotada namoyishchilarning xavfsizlik xodimlari bilan to‘qnashuvi kuzatildi.

Mamlakat bo‘ylab internet uzib qo‘yilgan. Mobil aloqa ham deyarli ishlamayapti. Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev mamlakatdagi ommaviy tartibsizliklar paytida halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar borligini aytgan. Tengrinews Qozog‘iston Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga tayanib, tartibsizliklar chog‘ida 8 nafar politsiyachi va Milliy gvardiya askari halok bo‘lgani, yana 317 kishi jarohatlangani haqida xabar bergan.

6 yanvarda Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXSHT) tinchlikparvar kuchlari Qozog‘istonga jo‘natdi. 7 yanvarda To‘qayev Qozog‘istonda konstitutsiyaviy tartib tiklanganini e’lon qildi va mamlakat bo‘ylab terrorchilik xavfining yuqori darajasi joriy etildi.

Qozog‘istondagi tartibsizliklardan ko‘rilgan zararning umumiy miqdori, taxminiy hisob-kitoblarga ko‘ra 91 million dollarni tashkil etgan, shundan 89,8 million Olmaota ulushiga to‘g‘ri keladi. Qozog‘istonda 10 yanvar tartibsizliklar oqibatida halok bo‘lganlar xotirasi uchun motam kuni deb e’lon qilindi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Habib Nurmagomedov Qozog‘istondagi voqealar borasida o‘z fikrini bildirdi