17:35 / 11.01.2022
3 218

Amerikalik shifokorlar odamga hayvonning yuragini muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazdi

Amerikalik shifokorlar odamga hayvonning yuragini muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazdi
Foto: Getty Images
Amerikalik shifokorlar birinchi marta 57 yoshli Devid Bennetga genetik jihatdan o‘zgartirilgan cho‘chqaning yuragini muvaffaqiyatli transplantatsiya qildi. Bu haqda Merilend universiteti tibbiyot markazi jarrohlariga tayanib, The New York Times xabar berdi.

Baltimor shahrida o‘tkazilgan operatsiya sakkiz soat davom etgan. Shifokorlarning aytishicha, bemorning ahvoli yaxshi. U haliyam sun’iy qon aylanish apparatiga ulangan, ammo transplantatsiya qilingan organ allaqachon o‘z ishining katta qismini bajarmoqda, operatsiyadan keyingi dastlabki 48 soat muammosiz o‘tgan.

«Yurak puls va bosim hosil qilmoqda. Uning ishlashi normal. Ilgari bu hech kimda o‘tkazilmagan»,— dedi operatsiyani amalga oshirgan yurak transplantatsiyasi markazining dastur menejeri Bartli Griffit.

Bennetning o‘zi eksperimental operatsiyaga rozi bo‘lgan, chunki u busiz omon qolmasdi, kasallik darajasining og‘irligi tufayli u inson yuragini donorlikka olishga layoqatsiz edi. Bemor shu vaqtgacha davolashning boshqa barcha usullarini sinab ko‘rgan, deb yozadi gazeta. «Ikkita variant bor edi: o‘lish yoki ushbu transplantatsiyani sinab ko‘rish
», — deydi bemor.

Transplantatsiya qilingan organ regenerativ tibbiyot sohasidagi ishlanmalarga ixtisoslashgan Amerikaning Revivicor kompaniyasi tomonidan taqdim etilgan. Donor hayvon o‘tkazgan genetik modifikatsiyalarga transplantatsiyadan keyin yurakning kengayishiga yo‘l qo‘ymaydigan o‘sish genini bloklash, shuningdek, uning bemor organizmida yaxshiroq ildiz otishi uchun cho‘chqa genomiga bir nechta inson genlarini qo‘shish kabilar kiradi.

Amerikaning «Qo‘shma organ almashinuvi tarmog‘i» notijorat tashkiloti bosh shifokori Devid Klassen operatsiyani «organ funksional yetishmovchiligini davolashda katta o‘zgarishlarga» olib kelishi mumkin bo‘lgan «burilish nuqtasi» deb atadi. Shu bilan birga, u texnologiyani darhol keng qo‘llab bo‘lmasligini ta’kidladi, chunki ba’zida hatto ehtiyotkorlik bilan tanlangan inson organini, masalan, buyrakni ko‘chirib o‘tkazish paytida ham transplantatsiyadan voz kechishga to‘g‘ri keladi.

2021 yil oktabr oyida The New York Times gazetasi Nyu-Yorkdagi jarrohlar tarixda birinchi marta cho‘chqa buyragini insonga muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazganini xabar qilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Amerikalik shifokorlar odamga hayvonning yuragini muvaffaqiyatli ko‘chirib o‘tkazdi