AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp Oq uyga tez orada qaytishini ma’lum qildi. Bu haqda Newsmax telekanali xabar bermoqda.
Tramp Florensiyada (Arizona shtati) o‘z tarafdorlari bilan uchrashuvda 2024 yilda qaytishga va’da berdi. U, shuningdek, «Amerikani buyuklikka qaytarish» zarurligini ta’kidlab o‘tdi.
Taniqli amerikalik tarixchi, Yel universiteti professori Timoti Snayder sobiq davlat rahbari 2024 yilgi saylovlarda g‘alaba qozonsa, Amerika hozirgi ko‘rinishidan yaxshiroq bo‘lishini aytgan.
AQSHning amaldagi prezidenti Jo Bayden o‘zidan oldingi prezidentni Vashingtondagi tartibsizliklar va Kapitoliyga bostirib kirishga olib kelgan 2020 yilgi saylovlardan keyin hokimiyatning tinch yo‘l bilan almashishiga to‘sqinlik qilganlikda aybladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tramp tarafdorlari «Amerika demokratiyasining bo‘g‘ziga pichoq tortishgan».
Shuningdek, Senatda ham respublikachilar va demokratlar qarama-qarshiligi kuchaymoqda. Avvalroq, respublikachi senator Ted Kruz partiya Vakillar palatasida g‘alaba qozonsa, Jo Baydenga impichment e’lon qilinishini aytgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Kreml Ukraina bo‘yicha muzokarada shartlar qo‘yishga urinmoqda
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Blinken Isroildan uchta muammoni hal etishni talab qildi
AQSH harbiylari orasida o‘z joniga qasd qilish ko‘paydi
Pashinyan Armanistonning Mustaqillik deklaratsiyani eng katta muammo va fojia deb atadi
Yaxshi pishgan va mazali anor tanlashga yordam beradigan tavsiyalar
Har qanday katta yoshdagi kishi yetuk emas
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi