19:44 / 18.01.2022
2 015

Priyanka Chopra farzand ko‘rish uning eng katta orzusi ekanligi haqida gapirdi

Priyanka Chopra farzand ko‘rish uning eng katta orzusi ekanligi haqida gapirdi
Foto: Elle
Nafaqat Bollivud, balki dunyoga taniqli mahoratli aktrisa Priyanka Chopra va Nik Jonas olti oylik tanishuvdan so‘ng 2018 yilda turmush qurgan. Juftlik Vanity Fair nashriga bergan intervyusida farzand ko‘rish istagi haqida ham aytib o‘tdi, deb yozadi People Talk.

So‘nggi paytlarda juftlik ijod bilan band. Priyanka «Matritsa» filmida suratga tushdi, Nik o‘zining The Jonas Brothers guruhi bilan gastrol safariga chiqdi. Biroq ular ham oilasi imkon qadar tezroq yangi mehmon bilan to‘lishini xohlaydi. «Biz buni xohlaymiz, lekin hamma narsa vaqti kelganida Xudoning inoyati bilan sodir bo‘ladi», — deydi Priyanka.

Foto: Pinterest
Shuningdek, aktrisa farzandli bo‘lish uchun o‘ta band emasligini qo‘shimcha qilgan.

Foto: Pinterest
Eslatib o‘tamiz, Priyanka Chopra va Nik Jonasning to‘yi nasroniy va hinduiylar urf-odatlariga ko‘ra, Jodxpurdagi Bhawan Palace saroyida o‘tkazilgan.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Priyanka Chopra farzand ko‘rish uning eng katta orzusi ekanligi haqida gapirdi