22:14 / 02.02.2022
1 267

Sadir Japarov Qirg‘izistonning Tojikistondagi elchisini lavozimidan bo‘shatdi

Sadir Japarov Qirg‘izistonning Tojikistondagi elchisini lavozimidan bo‘shatdi
Foto: «AKIpress»
Qirg‘iz Respublikasining Tojikistondagi elchisi Janish Rustenbekov prezident Sadir Japarovning farmoni bilan lavozimidan olindi. Bu haqda bugun, 2 fevral kuni prezident administratsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Rustenbekov 2018 yilning dekabrida Tojikistonga elchi qilib jo‘natilgandi.

Eslatib o‘tamiz, 27 yanvar kuni Qirg‘iziston va Tojikiston chegarasida nizo kelib chiqib, har iki tomon harbiylari o‘rtasida otishma yuz bergandi. Avtomatlar bilan birga minomyotlar ham ishga solingan to‘qnashuvlar davomida ikki kishi halok bo‘lgan, o‘nlab odamlar jarohat olgan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Qirg‘izistonda prokuratura Tojikistondagi OAV xabarini ko‘chirib e’lon qilgan mahalliy OAV ustidan jinoyat ishi ochgan. Xabarda qurolli nizoni qirg‘iz harbiylari boshlagani yozilgandi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Sadir Japarov Qirg‘izistonning Tojikistondagi elchisini lavozimidan bo‘shatdi