
Odam savdosida ayblanayotgan qidiruvdagi o‘zbekistonlik ayol BAAdan O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. Bu haqda Ichki ishlar vazirligi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, u odam savdosi bilan shug‘ullangan, yaxshi maoshli ish va’da qilib, qizlarni BAAga olib borgan va u yerda pasportlarini olib, fohishalik bilan shug‘ullanishga majburlagan.
Ayol O‘zbekiston Respublikasini tark etganda, unga nisbatan sudlanuvchi sifatida sirtdan qaror chiqarilgan.
2013 yildan beri Interpol kanallari orqali xalqaro qidiruvga berilgan. Interpolning yurtimizdagi Milliy markaziy byurosi va Buxoro viloyati Ichki ichlar boshqarmasi Jinoyat qidiruv boshqarmasi xodimlari tezkor harakatlari natijasida BAA huquq-tartibot idoralari tomonidan qo‘lga olinib, O‘zbekistonga deportatsiya qilindi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar