
Xalqaro futbol federatsiyalari assotsiatsiyasi (FIFA) Qatar rasmiylarini joriy yil mamlakatda o‘tkaziladigan futbol bo‘yicha Jahon chempionati vaqtida stadionlar bo‘ylab spirtli ichimliklar sotuviga ruxsat berishga undamoqda.
Qatar rasmiylari sport musobaqasi vaqtida mamlakatda spirtli ichimliklarga bo‘lgan taqiqni yumshatish masalasini ko‘rib chiqayotganini ma’lum qilgan. Biroq ular yakuniy qarorga kelishmagan.
Ma’lumot uchun: Qatarning yuqori darajadagi mehmonxonalari va qariyb barcha restoranlarida alkogol mahsulotlarini sotish va iste’mol qilish taqiqlangan. Faqatgina xorijlik rezidentlar uchun Dohaning chekka hududlaridagi Qatar Airways kompaniyasiga qarashli omborlarda uyda iste’mol qilish uchun spirtli ichimliklar sotiladi.
Eslatib o‘tamiz, 2016 yil Qatardagi mundial tashkiliy qo‘mitasi bosh kotibi Hasan al-Tavadi turnir davomida ko‘chalarda, jamoat joylari va stadionlarda alkogol mahsulotlarini iste’mol qilish taqiqlanishini ma’lum qilgandi.
«Alkogol mahsulotlarini ko‘chalarda, jamoat joylarida, maydonlarda iste’mol qilish taqiqlanadi. Bu yakuniy qaror. Biz stadionlar va uning atrofida alkogol tarqatilishiga qarshimiz. Urf-odatlarimiz hamda Qatar qonunchiligiga rioya qilamiz», – degan edi Hasan al-Tavadi.
FIFAQatarJahon ChempionatiSpirtli IchimliklarSport MusobaqasiAlkogol Taqiqlanishi O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar