08:04 / 12.02.2022
1 462

AQSH aholisining 58 foizi prezident Baydenning faoliyatini salbiy baholamoqda

AQSH aholisining 58 foizi prezident Baydenning faoliyatini salbiy baholamoqda
Foto: CNN
CNN telekanalining buyurtmasiga asosan SSRS agentligi tomonidan o‘tkazilgan so‘nggi so‘rov natijalariga ko‘ra, har o‘n amerikalikdan oltitasi Jo Baydenning AQSH prezidenti sifatidagi faoliyatini salbiy baholagan.

Masofadan turib o‘tkazilgan so‘rovda 1527 nafar respondent ishtirok etgan.

Ta’kidlanishicha, dekabr oyida Baydenning faoliyatini amerikaliklarning 51 foizi salbiy baholagan. 10 yanvardan 6 fevralga qadar o‘tkazilgan mazkur so‘rov esa ushbu ko‘rsatkich 58 foizgacha chiqqanini ko‘rsatdi. Dekabr oyida Baydenning mamlakat prezidenti lavozimidagi ishini 49 foiz respondent ma’qullagandi.

Bundan tashqari, 2021 yilning dekabr oyida uni demokratlarning 94 foizi qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, hozirda ushbu ko‘rsatkich 83 foizga tushib ketgan. Ammo Oq uy rahbarining faoliyatini partiyasiz saylovchilarning 36 foizi, shuningdek, respublikachilarning 9 foizi ma’qullamoqda.

Ta’kidlanishicha, Bayden reytingining o‘tgan oyda tushib ketishi omikron shtammining keng ko‘lamli tarqalishi, shuningdek, pandemiya ta’siridagi iqtisodiy pasayish bilan bog‘liq inflyatsiya to‘lqiniga bog‘lanmoqda.

AQSH administratsiyasining iqtisodiy sohadagi faoliyatini ma’qullash darajasi dekabr oyiga nisbatan sakkiz pog‘onaga, koronavirusga qarshi kurashda esa 9 foizga kamaygan.

Eslatib o‘tamiz, Quinnipiac universiteti tomonidan 2021 yilning noyabr oyida o‘tkazilgan so‘nggi so‘rovida AQSH prezidenti Jo Baydenning faoliyatini amerikaliklarning 36 foizigina ma’qullagan edi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH aholisining 58 foizi prezident Baydenning faoliyatini salbiy baholamoqda