09:33 / 15.02.2022
1 238

Qaysi davlatlar eng ko‘p po‘lat ishlab chiqaradi?

Qaysi davlatlar eng ko‘p po‘lat ishlab chiqaradi?
«ParsToday» dunyoning po‘lat ishlab chiqarishda yetakchi mamlakatlarini ma’lum qildi.

Butunjahon po‘lat assotsiatsiyasining 2021 yil yanvar oyi boshidan dekabr oyi oxirigacha qamrab olingan so‘nggi hisobotiga ko‘ra, Xitoy 1 milliard 32 million 800 ming tonna mahsulot ishlab chiqarib, dunyoda mutlaq yetakchi bo‘lib turibdi.

Yetakchi beshlikda — Hindiston (118 million 100 ming tonna), Yaponiya (96 million 300 ming tonna), AQSH (86 million tonna), Rossiya (76 million tonna).

Yetakchi o‘nlikda — Janubiy Koreya (70 million 600 ming), Turkiya (40 million 400 ming tonna), Germaniya (40 million 100 ming tonna), Braziliya (36 million tonna), Eron (28 million 500 ming tonna).

2021 yil davomida dunyo bo‘yicha 1,911 milliard 900 ming tonna xom po‘lat ishlab chiqarilgan, bu 2020 yilga nisbatan o‘sish 3,6 foiz ekanini ko‘rsatadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Qaysi davlatlar eng ko‘p po‘lat ishlab chiqaradi?