
18 fevral kuni o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXR rasmiylari Ukraina atrofidagi eskalatsiya inqirozi fonida fuqarolar Rossiyaga evakuatsiya qilinishini e’lon qildi. Qochoqlar Rostov viloyatiga joylashtiriladi, deb xabar beradi «RBK».

Foto: Reuters
DXR aholisi respublika hududidan avtobuslarda olib chiqib ketilmoqda. Respublika rahbari Denis Pushulinning so‘zlariga ko‘ra, birinchi navbatda bolalar, ayollar va keksalarni olib ketish tashkillashtirilgan.

Foto: «Dan-news.info»
Tan olinmagan respublika Favqulodda vaziyatlar vazirligining ma’lum qilishicha, DXRdan jami 700 ming kishini evakuatsiya qilish rejalashtirilmoqda. Ular Rostov viloyatiga joylashtiriladi. Hozirda u yerdagi sanatoriylar, sog‘lomlashtirish lagerlari va dam olish bazalarida 3,2 ming kishilik joy tayyorlangan. Yaqin vaqt ichida joylar sonini 10 mingga yetkazish kutilmoqda.

Foto: Reuters
DXRda evakuatsiya e’lon qilingani fonida bankomatlar qarshisida uzundan uzoq navbatlar yuzaga kelishni boshlagan.

Foto: «TASS»
Rossiyaning bir qator, jumladan, Chelyabinsk, Penza, Kaluja va Vladimir viloyatlari qochoqlarni qabul qilishga tayyorligini ma’lum qilgan.

Foto: «Dan-news.info»

Foto: Telegram / @itsdonetsk

Foto: «Dan-news.info»

Foto: Reuters

Foto: Telegram / @itsdonetsk

Foto: «Dan-news.info»

Foto: «RIA Novosti»

Foto: «TASS» “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar