Foto: EPA
Ukraina qo‘shma kuchlar operatsiyasi shtabining xabar berishicha, Donbassda rossiyaparast ayirmachilar tomonidan sodir etilgan otishmalar natijasida ikki ukrainalik askar halok bo‘lgan, yana to‘rt nafari yaralangan.
Ukraina harbiylari 19 fevral kuni o‘t ochishni to‘xtatish rejimining buzilishiga oid 136 ta holatni qayd etgan, bir kun oldin esa 66 ta shunday hodisa kuzatilgandi. Qo‘shma kuchlar shtabiga ko‘ra, Kiyev nazoratidagi 30 dan ortiq aholi punktlari o‘qqa tutilgan.
Amerikaning CNN telekanali xabar berishicha, 19 fevral kuni Donbassda Ukraina ichki ishlar vaziri Denis Monastirskiyga hamrohlik qilayotgan CNN jurnalistlari va Fransiyaning France-Presse agentligi muxbirlari otishma ichida qolgan.
O‘sha kuni Ukraina prezidentini qo‘llab-quvvatlovchi «Xalq xizmatkori» partiyasining vakili Yuliya Paliychuk ham Donbassdagi front chizig‘ida ketayotgan Ukraina parlamenti a’zolari va xorijlik jurnalistlar minomyotdan o‘qqa tutilganini aytdi.
«Ukraina-24» telekanali otishmada ukrainalik deputatlar va xorijlik jurnalistlar jabrlanmaganini xabar qildi.
Tan olinmagan Lugansk Xalq Respublikasi (LXR) vakillari 20 fevralga o‘tar kechasi Ukrainaning LXR pozitsiyalariga uyushtirgan hujumi natijasida tinch aholi vakillari halok bo‘lganini aytmoqda.
LXR xalq militsiyasi vakili Ivan Filiponenkoning so‘zlariga ko‘ra, ukrainalik harbiylar Pionerskoye aholi punktida hujum uyushtirishga uringan, bu esa «beshta turar joy binosining vayron bo‘lishiga va tinch aholi orasida qurbonlarga olib kelgan». Shuningdek, u to‘qnashuv natijasida «dushman yo‘qotishlarga uchrab, ortga chekinganini» ta’kidladi.
Ushbu ma’lumot qurolli mojaro avj olgandan keyin LXR vakillarining tinch aholi o‘limi haqida bergan ilk bayonoti bo‘ldi. Qurbonlar haqidagi ma’lumotlar hozircha mustaqil tasdiqlanmagan. Ukraina tomoni ham 20 fevralga o‘tar kechasi o‘z harbiylari orasida birorta yo‘qotish to‘g‘risida xabar bermagan.
O‘zini mustaqil deb e’lon qilgan Lugansk va Donetsk Xalq Respublikalari Ukrainani ushbu hududlarga qarshi keng ko‘lamli hujumga tayyorgarlik ko‘rishda ayblamoqda. Shu munosabat bilan 18 fevral kuni hududlardan ayollar va bolalarning ommaviy evakuatsiyasi haqida e’lon qilindi. Ukraina hukumati Donbassda hech qanday hujumni rejalashtirmaganini aytib, LXR va DXR bayonotlarini provokatsiya deb atadi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Shavkat Mirziyoyev amaliy tashrif bilan Boku shahriga bordi
O‘zbekistonlik MMAchilar jahon chempionatida birinchi o‘rinni egallashdi
Olimpiada g‘oliblarini tayyorlagan toshkentlik o‘qituvchi 1 milliard so‘m mukofot puli oldi
AQSH Registon maydoni arxitekturasini saqlab qolish uchun 500 ming dollar ajratdi
Turkiya klubi sobiq prezidenti hakamga hujum qilgani uchun qamoq jazosiga hukm qilindi