
Foto: Sputnik
Rossiya va Belarus Donbassdagi vaziyat keskinlashgani munosabati bilan Qurolli kuchlarining hujumlarga javob qaytarish mahoratini birgalikda tekshirish bo‘yicha mashg‘ulotlar muddatini uzaytiradi. Bu haqda Belarus Mudofaa vazirligiga tayanib, Meduza xabar berdi.
Vazirlik rahbari Viktor Xreninning so‘zlariga ko‘ra, tekshiruv davomida mashg‘ulotlarning oldingi bosqichida yoritilmagan mudofaa bosqichlari «puxta ishlab chiqiladi».
«Mashg‘ulotlarning bosh maqsadi o‘zgarishsiz qoldi – bu umumiy chegaralarimiz yaqinida g‘arazli niyatdagi harbiy tayyorgarlikka adekvat javob berish va keskinlikni pasaytirish choralarini ko‘rishdan iborat», — deydi Xrenin.
10 fevralda Belarus hududida boshlangan «Ittifoqchilik jasorati» qo‘shma mashg‘ulotlari 20 fevralda tugashi kerak edi.
Qo‘shma Shtatlar Rossiya bu mashqlardan Ukrainaga bostirib kirish uchun foydalanishi mumkinligini da’vo qilgandi. Moskva buni rad etib, harbiylar mashg‘ulotlardan so‘ng Rossiya Federatsiyasi hududiga olib ketilishini ta’kidlagan.
RossiyaBelarusDonbassQurolli KuchlarMashg‘ulotlarHarbiy Tayorgarlik O'zbekiston yangiliklari Yangiliklar
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing! Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar