Foto: Zuma / TASS
Avstraliya, Kanada va Yaponiya hukumatlari Rossiya o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan Donetsk va Lugansk xalq respublikalarini tan olishiga javoban Rossiyaga qator sanksiyalar joriy etishga qaror qildi.
Kanada bosh vaziri Jastin Tryudo iqtisodiy sanksiyalarning «birinchi raundi» haqida e’lon qilgan. Kanada sanksiyalari ham Rossiya suveren qarzlari va DXR hamda LXR bilan kelishuvlarni qamrab olgan. Bundan tashqari, ular Rossiyaning ikki banki va Rossiya parlamentining DXR va LXR tan olinishi uchun ovoz bergan vakillariga taalluqli bo‘ladi. Kanadaliklarga ushbu respublikalar bilan moliyaviy operatsiyalarni o‘tkazish taqiqlanadi.
Avstraliya ham Rossiya banklari, DXR va LXR jismoniy va yuridik shaxslarini sanksiyaga duchor etgan. Kanberra Rossiya Xavfsizlik kengashining DXR va LXR tan olinishini qo‘llab-quvvatlagan sakkiz vakilini sanksiyalar ro‘yxatiga kiritgan (ularning familiyalari hozircha oshkor etilmadi).
«Dastavval biz Rossiya Xavfsizlik kengashining sakkiz a’zosini mamlakatga kirishini taqiqlash va maqsadli moliyaviy sanksiyalarni joriy etamiz», degan Avstraliya bosh vaziri Skott Morrison.
Avvalroq Donbassdagi o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan respublikalarni tan olgani uchun RFga AQSH, Yevroittifoq va Buyuk Britaniya tomonidan sanksiyalar qo‘llangandi.
Yaponiyaliklarning sanksiyalari mamlakatga DXR va LXRdan rasmiy shaxslar kelishini cheklash, shuningdek ushbu respublika bilan eksport va import mahsulotlarini taqiqlashni nazarda tutadi. Bundan tashqari, sanksiyalar yapon bozorida rossiyaliklar obligatsiyalari joylashtirilishini cheklashga qaratilgan. Shuningdek, Rossiya hukumatining yangi suveren qarzi bo‘yicha operatsiyalar to‘xtatiladi.
Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida vaziyat yomonlashgan taqdirda, chora-tadbirlar ro‘yxati kengaytirilishi mumkinligini qayd etgan. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiyalik harbiylar Kiyevga ballistik raketa bilan hujum qildi
Ilon Mask: “Yevropa davlatlari yo‘q bo‘lib ketish xavfi ostida”
Germaniyada Rojdestvo yarmarkasida terakt sodir etildi
Mask Ukrainaga yordam berishni AQSHning eng yomon qarorlaridan biri deb atadi
Donald Tramp Yevropa Ittifoqiga ultimatum qo‘ydi
Jakartada "Imom Buxoriy: O‘zbekiston islom san’ati" ko‘rgazmasi ochildi
Fransiya kubogi. "Lans" PSJga penaltilar seriyasida mag‘lub bo‘ldi, Husanov gol urdi!
O‘zbekiston Interpol orqali Rasayev va Temirxanovni xalqaro qidiruvga berdi