21:50 / 23.02.2022
1 267

Ukrainada favqulodda holat e’lon qilinadi

Ukrainada favqulodda holat e’lon qilinadi
Foto: Pierre Crom / Getty Images
Ukraina milliy xavfsizlik va mudofaa kengashi (SNBO) butun mamlakat bo‘ylab favqulodda holat rejimi joriy etishga qaror qildi, Donetsk va Lugansk oblastlari bundan mustasno. Bu haqda kengash bosh kotibi Aleksey Danilovga asoslanib, UNIAN xabar bergan.

Endi kengash qarori 48 soat ichida Ukraina Oliy radasida tasdiqlanishi kerak bo‘ladi.

Danilovning so‘zlariga ko‘ra, favqulodda holat rejimi 30 kunga joriy etiladi, zarurat bo‘lsa, Ukraina prezidenti uning muddatini yana 30 kunga uzaytirishi mumkin. Kengash kotibi FV rejimi joriy etilishi ukrainlarning kundalik turmush tarziga «radikal» ta’sir ko‘rsatmasligiga harakat qilingan.

Danilovning ma’lumot berishicha, bunday rejim sharoitida jamoatchilik tartibi muhofazasi kuchaytirilishi va transport harakati cheklanishi mumkin. U zarurat tug‘ilgan taqdirda — Rossiya tomonidan tajovuzkorlik kuchaysa, ayrim regionlarda komendantlik soati ham joriy etilishi mumkinligini bildirgan.

Bundan tashqari, 23 fevral kuni Ukraina davlat chegara xizmati Belarus va Rossiya bilan chegaradagi rayonlarda, shuningdek, RF tomonidan vaqtincha bosib olingan regionlarda cheklovlar kiritilishi haqida ma’lum qilgan. Bu hududlarda tungi vaqtda chegara zonasida qolish, dronlar uchirish, shuningdek foto va videos’yomka qilish cheklanadi.

21 fevral kuni Vladimir Putin o‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR va LXRni tan oldi.

22 fevral kuni Federatsiya kengashi ushbu respublikalar hududiga rossiyalik harbiylar kiritilishiga ruxsat berdi. Bu qaror go‘yoki Ukraina tomonidan tajovuz xavfi borligi tufayli tinchlikparvar missiya sifatida taqdim etildi. BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish esa RFning harakatini tinchlikparvar deb baholamadi.

Moskva DXR va LNRni tan olib, bu hududga qo‘shin jo‘natilishini ma’qullaganidan keyin Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy zaxiradagilarning harbiy xizmatga chaqirilishi haqida e’lon qildi. 23 fevral kuni Ukraina TIV mamlakat fuqarolarini zudlik bilan Rossiya hududini tark etishga chaqirdi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainada favqulodda holat e’lon qilinadi