2 963
Tramp Putinning DXR va LXR mustaqilligini tan olish haqidagi qaroriga munosabat bildirdi
Foto: Getty Images
AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Donetsk va Lugansk Xalq Respublikalarining mustaqilligini tan olish haqidagi qarorini, shuningdek, uning tinchlikparvar missiya maqomidagi harbiylarni Donbassga kiritish rejasini dohiyona harakat deb atadi. Tramp bu haqda The Clay Travis and Buck Sexton Show podkastida o‘z mulohazalarini bayon etgan.
- Kecha oqshomda uyga kirib, televizorni yoqdim va «Bu dohiyona qaror» deb yubordim. Putin Ukrainaning katta qismini mustaqil deb e’lon qildi, bu juda ajoyib. U hududga tinchlikparvar qo‘shin sifatida kirishni maqsad qilgan. Bu men ko‘rgan eng kuchli tinchlikparvarlar. U yerda men avval hech qayerda ko‘rmagan tanklar soni mavjud. Ular tinchlikni saqlab turadi. Bu haqida bir o‘ylab ko‘ring-a.
Trampning qo‘shimcha qilishicha, agar u AQSH prezidentligini saqlab qolganida bu kabi holatlar yuz berishiga yo‘l qo‘ymasdi.
- Bu hech qachon sodir bo‘lmasdi. Ammo o‘sha yigit «Ukrainaning katta qismini mustaqil deb e’lon qilaman» deb aytishga ulgurdi. U mustaqil so‘zidan foydalandi. «Biz yo‘lga chiqamiz, u yerga boramiz va tinchlikni saqlashga yordam qilamiz» dedi. Tan olish kerak bu juda ustomonlik bilan qilingan ish. Bunga Bayden nima deb javob qilganini bilasizmi? Javob berilmadi. Yo‘q, bu juda qayg‘uli holat. Juda qayg‘uli.
Tramp Putinni juda yaxshi bilishi va u bilan tashqi siyosatda muammolarsiz ishlashni uddalashi mumkinligini qayd etdi.
- Men unga yoqardim. U ham menga yoqadi. Bilasizmi, u chaqilmas yong‘oq, jozibadorligi va g‘ururi ustun turadi. U o‘z vatanini sevadi, tushunyapsizmi? Men uning har doim Ukrainani egallashni istashini bilardim. U bilan bu haqda gaplashganman. Men unga «Sen bu ishni qila olmaysan. Qilmaysan» deb aytganman. Biroq uning Ukrainani egallashni xohlashini bilardim. Bu haqida batafsil suhbat qurganmiz.
Vladimir Putin 21 fevralda DXR va LXR mustaqilligini tan oldi. 22 fevralda Federatsiya kengashi Donbassga Rossiya qo‘shini kiritilishiga ruxsat berdi. Bu Ukrainaning mazkur ikki hududga nisbatan zo‘ravonlik harakatlariga tinchlikparvar missiyaning javob bo‘lishi taxmin qilindi. BMT bosh kotibi Antoniu Gutterish Rossiyaning ushbu harakatlarini tinchlikparvarlik emasligini qayd etdi.
AQSH Rossiya DXR va LXR mustaqilligini tan olgani uchun mamlakatga nisbatan sanksiyalar qo‘lladi. «Promsvyazbank» hamda uning sho‘’ba korxonalari (jumladan, SSKA futbol klubi ham), shuningdek Rossiyani rivojlantirish davlat korporatsiyasi va rossiyalik uch amaldorlarning o‘g‘illariga nisbatan cheklovlar o‘rnatildi. AQSH Rossiyaning suveren qarziga nisbatan ham cheklovlar joriy qildi.
Rossiya TIV AQSHning sanksiya choralari hisob bo‘yicha 101 taga yetganini bildirdi. Rossiya tashqi ishlar vazirligining qo‘shimcha qilishicha mamlakat ham sanksiyalarga nisbatan kuchli javob qaytaradi, javob ushbu cheklovlarga simmetrik tarzda bo‘lmasligi mumkin, biroq Amerika tomoniga kuchli ta’sir ko‘rsatadi.
AQSHdan tashqari Yevropa ittifoq, Buyuk Britaniya, Avstraliya, Kanada, Yaponiya, Germaniya kabi davlatlar ham DXR hamda LXR mustaqilligining tan olinishi ortidan «Shimoliy oqim–2» («Severniy potok–2») gaz tarmog‘ining sertifikatsiyasini to‘xtatib qo‘ydi. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi