18:43 / 24.02.2022
1 249

«Ukraina Rossiyaning maxsus operatsiyasi haqida ogohlantirilgan edi» — Lukashenko

«Ukraina Rossiyaning maxsus operatsiyasi haqida ogohlantirilgan edi» — Lukashenko
Foto: «BelTA»
Ukraina harbiy rahbariyati Rossiya tomonidan harbiy harakatlar amalga oshirilishi mumkinligi haqida ogohlantirilgan edi. Bu haqda Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko ma’lum qildi, deb xabar beradi «BelTA».

«Bugun kechasi, operatsiyaga qadar u (Ukraina harbiy rahbariyati vakili — tahr.) muloqot qilishni so‘radi. Men ‘ular bilan gaplashinglar’, dedim», — ta’kidlaydi Lukashenko. U Belarus mudofaa vaziri Viktor Xreninga murojaat qilib, «sizlar mening nomimdan prezident Putin bilan uchrashuvdan keyin Belarus prezidenti sizlarga mazkur qirg‘in boshlanmasligi uchun zudlik bilan Rossiya mudofaa vaziri, Bosh shtabi bilan bog‘lanishni maslahat beradi, dedinglarmi?», deya savol bilan yuzlangan. Xrenin esa uning gaplarini tasdiqlagan.

«U qo‘ng‘iroq qildimi? Qilmadi. U mojaro boshlanishini bila turib, hatto Moskvaga qo‘ng‘iroq qilmadi», — deydi Lukashenko.

Belarus yetakchisining ta’kidlashicha, Ukraina harbiy rahbariyati Belarus tomoni bilan ikki marta muzokara o‘tkazgan.

«Eshitinglar, tarixda Xrushchyov Kennediga tunda qo‘ng‘iroq qilib, termoyadroviy urushni to‘xtatgan holatlar bo‘lgan. Bu yerda esa ko‘rib turibsizki, qo‘ng‘iroq qilish, go‘shakni ko‘tarish qiyin edi. Yaramas!», — deya ta’kidlaydi Lukashenko.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, 24 fevral kuni soat 05:00 larda Lukashenko Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qilgan. Putin Belarus prezidentiga Ukraina va Donbass chegarasida yuzaga kelgan vaziyat haqida ma’lumot bergan.

24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini ma’lum qildi. Murojaatdan so‘ng ijtimoiy tarmoqlarda Ukrainaning ko‘plab shaharlarida portlashlar sodir bo‘lgani haqida xabarlar paydo bo‘ldi. Ukraina Ichki ishlar vazirligi rahbari maslahatchisi Anton Gerashchenko 24 fevral kuni erta tongda Kiyev, Xarkov va Dneprda harbiy infratuzilma ob’ektlariga raketa zarbalari berilganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » «Ukraina Rossiyaning maxsus operatsiyasi haqida ogohlantirilgan edi» — Lukashenko