Foto: «Rosbalt»
Rossiyalik olimlar hamda ilmiy mavzularga ixtisoslashgan jurnalistlar Ukrainaga qarshi boshlangan urushni to‘xtatishni talab qilmoqda.
«Yevropada yangi urush olovini yoqish javobgarligi to‘liq Rossiya zimmasiga tushadi. Ushbu taqdirulamal qadam ko‘p sonli insonlarning qurbon bo‘lishiga olib keladi, xalqaro xavfsizlik tizimi ildiziga bolta uradi», – deyiladi ochiq xatda.
Qayd etilishicha, 24 fevral tongida Donbassdagi vaziyatni bahona qilgan holda boshlangan harbiy amaliyotni oqlab bo‘lmaydi. Chunki Ukraina Rossiya xavfsizligiga tahdid tug‘dirgani yo‘q. Olimlarga ko‘ra, Ukraina Rossiya uchun yaqin mamlakat bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi.
Maktubda geosiyosiy ambitsiyalar sabab boshlangan urush Rossiyani xalqaro hamjamiyat tomonidan yakkalab qo‘yilishiga olib kelishi ta’kidlanadi.
Urushni zudlik bilan to‘xtatish so‘ralgan maktubga Aleksandr Anikin, Yuriy Apresyan, Viktor Vasilev, Sergey Nikolayev, Roald Sagdeyev, Aleksandr Sobolev, Sergey Stishov, Svetlana Tolstaya, Yefim Xazanov kabi akademiklar hamda boshqa o‘nlab olimlar qo‘l qo‘ygan.
Shuningdek, rossiyalik taniqli yulduzlar – teleboshlovchi, xonanda va aktyorlar ham Ukrainaga qarshi urushni to‘xtatishni so‘rab videomurojaatlar e’lon qilmoqda.
Ular orasida teleboshlovchilar Ivan Urgant, Anastasiya Ivleyeva, Kseniya Sobchak, xonandalar Sergey Lazarev, Valeriy Meladze, Ivan Dorn, aktyorlar Danila Kozlovskiy, Irina Starshenbaum, Marina Zudina, Katerina Shpitsa, Darya Poverennova, Alika Smexova, yozuvchilar Aleksandr Sipkin, Boris Akunin, shaxmatchi Yan Nepomnyashiy bor. Masalan, adib Boris Akunin urushni «absurd» deb atagan va sog‘lom aql g‘olib kelishiga umid bildirgan.
Rossiya tashqi siyosati mavzusiga ixtisoslashgan bir guruh jurnalistlar va ekspertlar ham Ukrainada amalga oshirilayotgan «maxsus harbiy amaliyot»ni qoralab bayonot berdi.
«Ziddiyatlar hech qachon urush vositasida hal etilmaydi. Uni aslo oqlab ham bo‘lmaydi», – deyiladi bayonotda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Erdo‘g‘on Turkiya Isroil bilan aloqalarini uzganini ma’lum qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Revanshda g‘alaba qozonish uchun Tayson Fyuriga nima kerak?
Shavkat Mirziyoyev Saudiya Arabistoni energetika vazirini qabul qildi
1 dekabrdan ichimlik va oqova suv uchun to‘lov faqat elektron shaklda amalga oshiriladi
Shols «tez orada» Putin bilan gaplashishga tayyorligini ma’lum qildi