
Foto: «Geeknetic»
Dunyodagi eng yirik mobil sanoat ko‘rgazmasi — Mobile World Congress (MWC) Rossiyaga o‘z pavilonlarini ajratishdan bosh tortdi. Ushbu tadbir tashkilotchisi — Global mobil kommunikatsiya tizimlari assotsiatsiyasi (GSMA) ushbu qarorga keldi.
Sabab — Ukraina bilan bog‘liq vaziyat tufayli Yevropa ittifoqi va AQSH qo‘llagan sanksiyalar.
«Biz xalqaro sanksiyalarga asoslanib ishlaymiz, qolaversa, sanksiyalar ro‘yxatida nomlari ko‘rsatilgan kompaniyalarning qatnashishi ham taqiqlangan», — dedi «Reuters» bilan suhbatda GSMA rahbari Jon Hoffman. «Albatta, bu rivojlanib boradigan vaziyat, biz uni kuzatishda davom etamiz», — qo‘shimcha qildi u.
MWC — mobil sanoatning eng yirik ko‘rgazmalaridan biri, 2006 yildan beri muntazam har yili Barselona (Ispaniya)da o‘tkaziladi. Bu safargisi 2022 yilning 28 fevralida boshlanib, 3 martgacha davom etadi. Texnologiyalar ulkan shousiga 40–60 ming kishi kelishi kutilyapti — pandemiya boshlanganidan beri tashkillashtirilayotgan odamlar ishtirokidagi eng yirik tadbirlardan biriga aylanishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar