18:25 / 27.02.2022
1 301

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning ikkita shahrini qamalga olgani ma’lum qilindi

Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning ikkita shahrini qamalga olgani ma’lum qilindi
Foto: Meduza
Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Genichevsk shahri va Xerson yaqinidagi Chernobayevka aerodromi ustidan nazorat o‘rnatdi. Ular Xerson va Berdyansk shaharlarini to‘liq qamalga oldi. Bu haqda Rossiya Federatsiyasi Mudofaa vazirligi navbatdagi hisobotida ma’lum qildi, deb yozadi «Interfaks».

Xarkov viloyatida Ukraina Qurolli kuchlarining 302-zenit-raketa polki taslim bo‘ldi, 471 nafar ukrainalik harbiy hibsga olindi, deydi vazirlik rasmiy vakili Igor Konashenkov. Unga ko‘ra, «ukrainalik harbiy xizmatchilarning barchasiga hurmat bilan munosabatda bo‘linadi va yordam beriladi», ular oilalariga jo‘natiladi.

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina harbiy ob’ektlariga «uzoq masofali aniqlikdagi qurollar» bilan yangi zarba berilganini e’lon qildi. Ta’kidlanishicha, bunda havo va dengizga asoslangan qanotli raketalardan foydalanilgan.

27 fevral holatiga Rossiya qo‘shinlari Ukrainadagi jami 975 ta harbiy infratuzilma ob’ektini yo‘q qildi. Ular: 23 ta boshqaruv punkti va aloqa markazlari, uchta radar postlari, 31 ta S-300, «Buk M-1» va «Osa» zenit-raketa komplekslari, 48 ta radar stansiyalari. Bundan tashqari, agentlik ikkita «Tochka-U» taktik raketasi, 223 ta tank va sakkizta samolyot yo‘q qilinganini ma’lum qildi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning ikkita shahrini qamalga olgani ma’lum qilindi