
Foto: «Profile»
Rossiya qo‘shini Ukraina hududiga kirganidan buyon deyarli 370 ming kishi mamlakatni tark etdi va bu raqam tinmay o‘sib bormoqda. Bu haqda bugun, 27 fevral sanasida BMTning qochoqlar masalasi bo‘yicha agentligi (UNHCR) bayonot berdi.
Ukrainadan eng ko‘p odam Polshaga qochib o‘tdi — 187 ming nafar.
«Urushdan jon saqlash maqsadida turli millatga mansub qochoqlar Polshaga kirib kelyapti», — deyiladi Polsha bosh vaziri devonining «Twitter»dagi sahifasida.
Bir kun avval, 26 fevral sanasida BMT qochqinlar soni 100 ming nafar ekanini ma’lum qilgandi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar