Foto: «TASS»
Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi munosabati bilan 20 ta davlat Rossiya samolyotlari uchun o‘z havo hududini yopishini e’lon qildi. Ular orasida Italiya, Germaniya, Shvetsiya, Belgiya, Islandiya, Daniya, Irlandiya, Avstriya, Finlyandiya, Niderlandiya hamda Fransiya bor. Ushbu mamlakatlar taqiq haqida 27 fevral kuni xabar berdi. Ulardan ba’zilari Rossiyadan keluvchi parvozlarni allaqachon taqiqlagan.
Buyuk Britaniya birinchi bo‘lib o‘z havo hududini Rossiya samolyotlari uchun yopgan edi. Uning ortidan Yevropaning ko‘plab davlatlari ergashdi. Bunday qaror Bolgariya, Latviya, Litva, Polsha, Ruminiya, Sloveniya, Chexiya va Estoniya tomonidan ham qabul qilingan.
Avvalroq Germaniyaning eng yirik aviakompaniyasi Lufthansa Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli Rossiyaga va uning havo hududida parvozlarni vaqtincha to‘xtatgan edi.
24 fevralga o‘tar kechasi Rossiya prezidenti Vladimir Putin Donbassda «mintaqa aholisini genotsiddan himoya qilish» uchun «maxsus harbiy operatsiya» boshlanganini e’lon qildi. Shundan so‘ng AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiyaga nisbatan yangi sanksiyalar joriy qilgan. Shuningdek, Bayden Rossiyaning Ukrainaga hujumi uchun javobgarlik Vladimir Putinning zimmasida ekani, Rossiya ushbu harbiy operatsiya uchun jiddiy zarbalar qabul qilib olishi haqida gapirgan.
Keyinchalik 25 fevralda AQSH Putin, Lavrov va Shoyguga qarshi sanksiyalar e’lon qildi, shuningdek 26 fevralda Oq uyning Zelenskiyga Kiyevni tark etishida yordam berishga tayyorligi xabar qilindi. AQSH prezidenti Jo Bayden Ukrainaga harbiy ehtiyojlar uchun zudlik bilan moliyaviy yordam ko‘rsatishni buyurgan, Fransiya prezidenti Emmanuel Makron esa Ukrainadagi urushning uzoq davom etishini taxmin qilgan.
27 fevral kuni Yevropa Ittifoqi Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalarni e’lon qildi. Unga ko‘ra, Rossiyaning ayrim banklari SWIFT tizimidan uziladi, Markaziy bank aktivlari esa «falajlantiriladi». Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
«Mosfilm» kinostudiyasi o‘z omboridagi tanklarni Rossiya armiyasiga topshirdi