Foto: Reuters
Checheniston rahbari Ramzan Qodirov Rossiyaning Ukrainadagi joriy harbiy amaliyotini o‘ta sekin deb atadi va «Ukrainaning barcha yo‘nalishlari va hududida keng ko‘lamli operatsiya» o‘tkazishga chaqirdi. Bu haqda u o‘zining Telegram-kanalida yozgan.
Qodirovning ta’kidlashicha, «millatchilar kuchdan boshqa tilni tushunishga qodir emas».
«Aniq qaror qabul qilish hamda barcha yo‘nalishlarda va Ukraina hududida keng ko‘lamli operatsiyani boshlash vaqti keldi. Men shaxsan bir necha bor terrorchilarga qarshi taktika va strategiyalar ishlab chiqqanman, janglarda qatnashganman. Mening tushunishimcha, Ukrainada tanlangan taktikalar juda sekin. Bu uzoq davom etadi, va fikrimcha, samara bermaydi», — deb yozadi u.
Checheniston rahbari, shuningdek, Kiyev «ikki marta muzokara qilishdan bosh tortgani» sababli Moskvada «taktikani o‘zgartirish» chorasi qolganini aytdi.
Murojaati oxirida u oliy bosh qo‘mondon sifatida Vladimir Putindan «barcha maxsus kuchlarga tegishli buyruq berishni» so‘radi.
27 fevral kuni prezident Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu va Bosh shtab rahbari Valeriy Gerasimov bilan uchrashdi. Yig‘ilishda u to‘xtatuvchi kuchlarni maxsus shay holatga keltirishni buyurgan. To‘xtatuvchi kuchlar jumladan yadroviy kuchlarni anglatadi. Putin ushbu qarorni NATOdagi yetakchi davlatlarning yuqori mansabdor shaxslari «Rossiyaga qarshi tajovuzkor bayonotlar yangrashiga yo‘l qo‘yayotgani» bilan izohlagan.
Ukrainada operatsiya boshlanganidan beri rossiyalik harbiylar Ukrainaning 975 ta harbiy infratuzilma ob’ektlariga zarba berdi, deb ma’lum qildi 27 fevral kuni ertalab Rossiya Mudofaa vazirligi. Zarbalar radar postlari, havo hujumidan mudofaa tizimlari, qo‘mondonlik punktlari va aloqa markazlariga berilgan. Amaliyot davomida Rossiya Qurolli Kuchlari qo‘shinlari raketalar, samolyotlar, vertolyotlar va dronlarni urib tushirdi, shuningdek, tanklar, zirhli jangovar mashinalar va boshqa qurollarni yo‘q qildi, deyiladi vazirlik xabarida.
Mudofaa vazirligi Rossiya kuchlari faqat Ukraina harbiy ob’ektlariga zarba berishini iddao qildi va mamlakat tinch aholisi xavf ostida emasligiga ishontirdi. Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
KXDR askarlarlari urushga kirdi. Razvedka nima demoqda?
Ramzan Qodirov Allamjonovga uyushtirilgan suiqasd yuzasidan munosabat bildirdi
Kiyev: Tramp inauguratsiyasigacha «tinchlik rejalari» haqidagi gaplar asossiz