Foto: «TASS»
Rossiya bilan muzokaralar davomida Ukraina xohlagan natijaga erishish imkoni bo‘lmadi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Telegram-kanali orqali yo‘llagan murojaatida ma’lum qildi.
«Hozircha biz erishmoqchi bo‘lgan natijamizni olganimiz yo‘q», — deydi u.
Shu bilan birga, uning ta’kidlashicha, muzokaralarda Rossiya tomoni o‘z pozitsiyasini e’lon qilgan, Ukraina esa «urushni yakunlash bo‘yicha» talablarini ilgari surgan. «Rossiya tomonining ayrim signallarini biz oldik», — deya qo‘shimcha qiladi Zelenskiy.
Ukraina va Rossiya delegatsiyasining maxsus operatsiyalar boshlanganidan keyingi birinchi uchrashuvi 28 fevral kuni Belarusning Gomel viloyatida bo‘lib o‘tdi. Xavfsizlik nuqtai nazaridan uchrashuvning aniq joyi oshkor etilmadi.
Muzokaralarda Rossiya tomonidan sobiq madaniyat vaziri Vladimir Medinskiy, mudofaa vaziri o‘rinbosari Aleksandr Fomin, Rossiya Davlat dumasining xalqaro ishlar bo‘yicha qo‘mitasi rahbari Leonid Sluskiy va Rossiyaning Belarusdagi elchisi Boris Grizlov ishtirok etdi.
Ukraina tomonidan esa muzokaralarda mudofaa vaziri Aleksey Reznikov, «Xalq noibi» partiyasi vakili David Araxamiya, prezident ofisi rahbarining maslahatchisi Mixail Podolyak, TIV rahbari o‘rinbosari Nikolay Tochiskiy, Kiyev delegatsiyasi rahbarining uch tomonlama aloqa guruhidagi birinchi o‘rinbosari Andrey Kostin va xalq deputati Rustem Umerov qatnashdi.
Muzokaralar, taxminan, besh soat davom etdi. Podolyakning so‘zlariga ko‘ra, muhokamalarning asosiy mavzusi o‘t ochishni va Ukrainadagi harbiy harakatlarni to‘xtatishga qaratilgan.
Zelenskiy1, Muzokara natijasi1, Ukraina1, Rossiya1, Harbiy harakatlar1 Ukraina va Rossiya urushi “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
Qozog‘iston Ukraina atrofidagi vaziyat tufayli harbiy va fuqarolik obyektlari xavfsizligini kuchaytirdi
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xonanda Ruxshona uylanmagan yigitga turmushga chiqqani haqida so‘zlab berdi
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”
Diniy qo‘mita Umra ziyoratini tashkil qilish uchun 12 ta turfirmaga litsenziya berdi
Fransiyadagi muzeydan qiymati 7 mln yevrolik zargarlik buyumlari o‘g‘irlab ketildi