Foto: CBS
AQSHning Kaliforniya shtatida erkak uch nafar farzandi va yana bir kishini otib o‘ldirdi, so‘ng o‘z joniga qasd qildi. Fojia Sakramento shahridagi cherkovlardan birida yuz berdi. Bu haqda mahalliy sherif idorasiga tayanib, Reuters xabar berdi.
Politsiyaga otishma haqida xabar kelib tushgan. Voqea joyiga yetib kelgan huquq-tartibot idoralari xodimlari besh kishi, jumladan, uch bolaning jasadini topgan, bolalarning kattasi 15 yoshda bo‘lgan.
Uch farzand va otadan tashqari beshinchi marhum ham shu oilaning a’zosi bo‘lganmi yoki yo‘qligi noma’lum.
Yanvar oyida AQSHda maktab avtobusi o‘qqa tutilishi oqibatida 15 yoshli o‘quvchi halok bo‘lgandi. Undan avval Kaliforniyaning San-Xose shahrida jamoat transportiga texnik xizmat ko‘rsatiladigan markaz yaqinida otishma sodir etilgani, oqibatda sakkiz kishi halok bo‘lgani xabar qilingan. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Fayzullayev va Yevropa: unga berilgan ikki xil baho...