
Foto: AP
Ukrainaga 16 mamlakatdan koʻngillilar kelmoqda. Bu haqda Ukraina tashqi ishlar vaziri Dmitriy Kuleba ma'lum qildi.
"Biz kamida 86 davlat va 15 xalqaro tashkilotdan iborat xalqaro urushga qarshi koalitsiyani safarbar qildik. Ukrainaga 19 mamlakat qurol bermoqda, ularning ayrimlari buni oʻz tarixlarida ilk bor amalga oshirmoqda, 10 mamlakat makroiqtisodiy, 22 mamlakat gumanitar yordam koʻrsatmoqda", - dedi Kuleba.
Uning soʻzlariga koʻra, Ukrainaga janglarda yordam berish uchun 16 mamlakatdan koʻngillilar kelmoqda.
"Ularning soni mingdan oshib ketdi va arizalar kelishda davom etmoqda", - Ukraina tashqi ishlar vaziri. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
 Enter
 Xato topdIngizmi? 
 Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar