1 685
TIV Polsha aeroportida O‘zbekiston fuqarolari orasida ro‘y bergan janjal va mojaroga izoh berdi
Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Yusup Kabuljanov fuqarolardan Ukrainadagi vaziyat, o‘zbekistonliklarni evakuatsiya qilish borasidagi savollarga javob berib kelmoqda. U Polsha aeroportida O‘zbekiston fuqarolari orasida kelib chiqqan janjal va mojaro holatlari to‘g‘risida ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, vazirlik rasmiy vakiliga «Polsha aeroportlarida O‘zbekiston fuqarolari orasida samolyotga chiqish uchun janjal va mojaro holatlari yuzaga kelgani haqida ma’lumotlar tarqalmoqda. Bunga qanday izoh bera olasiz?» degan savol kelib tushgan.
Uning ta’kidlashicha, «Karchova» nazorat-o‘tkazish punkti rahbariyati qochoqlar, jumladan, boshqa davlatlar fuqarolari soni ko‘paygani sababli to‘planish nuqtasini bosqichma-bosqich bo‘shatishni so‘ralmoqda. Bu so‘rovlarni inobatga olib, kuniga 3 marotabagacha tashkil etilayotgan maxsus reyslarni o‘z vaqtida to‘ldirish uchun O‘zbekiston fuqarolari muntazam ravishda avtobuslarda Katovitse aeroportiga olib borilmoqda.
«Shu sababdan hamda ushbu aeroportdan boshqa davlatlar fuqarolari ham foydalanayotgani natijasida odamlarning to‘planishi kuzatilmoqda. Biroq sub’ektiv omil ham mavjud. Har bir inson birinchi bo‘lib uchib ketishni xohlayotgani tufayli tartibsizliklar kuzatilmoqda», — deyiladi xabarda.
Elchixona iltimosiga binoan shahar ma’muriyati Katovitse aeroporti binosiga tartibli o‘tish va yo‘lovchilarni ro‘yxatga olishni tashkil qilgan. Tartibni politsiya nazorat qilmoqda.
Shuningdek, mamlakatning Polshadagi elchixonasi iltimosiga binoan faqat O‘zbekiston fuqarolari uchun aeroportda issiq ovqat tashkil etilgan. “Zamin” yangiliklarini “Facebook”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Nima uchun badavlat insonlar doim oddiy kiyinadi?
Vengriya hukumati Ukrainaga noqonuniy qurol yetkazib berishning oldini olganini ma’lum qildi
Yuk mashinalari haydovchilari uchun yangi tartib kuchga kirdi
Leonid Kuchma: Rossiya bilan urushmaslik uchun Ukraina oldida ikki yo‘l bor edi
O‘t qopidagi toshlar qanday va qayerdan paydo bo‘ladi?
Hande Erchel turk madaniyatini rivojlantirishga qo‘shgan hissasi uchun mukofotlandi
Toshkentning uch tumanida elektr ta’minoti vaqtincha o‘chiriladi
“Oltin to‘p” tashkilotchilari nima uchun mukofot Vinisiusga emas, Rodriga berilganini tushuntirdi