Anjey Duda o‘zbekistonliklar bilan.
2022 yil 4 mart kuni chet el, jumladan, O‘zbekiston fuqarolari bo‘lib turgan Ukraina-Polsha chegarasidagi «Karchova» nazorat-o‘tkazish punkti yaqinidagi to‘planish nuqtasiga Polsha prezidenti Anjey Duda tashrif buyurdi.
Polsha prezidenti birinchi navbatda O‘zbekistonning Polshadagi elchixonasi diplomatlari yoniga kelib, ularning qo‘lini siqib, shunday dedi:
«Siz yurtingiz fuqarolari uchun muhim va ezgu ishni qilyapsiz. Sizning harakatlaringizni ko‘rib boshqa davlatlar diplomatlari va ko‘ngillilar faoliyatingizdan ilhom olishi shubhasiz. Menga O‘zbekiston hukumati o‘z fuqarolarini evakuatsiya qilishni birinchi bo‘lib boshlagani haqida aytib berishdi va bu sa’y-harakatlaringizni O‘zbekiston hukumatining o‘z fuqarolariga nisbatan muhim e’tibori va otalarcha g‘amxo‘rligi deb bilaman.
Hech qancha vaqt ilgari biz ham xuddi shunday vaziyatga tushib qolgandik va sizga qo‘shni bo‘lgan davlatni tark etgan fuqarolarimiz hamda Yevropa mamlakatlarining fuqarolaridan xavotirda edik. Biz ularni evakuatsiya qilishdek bu og‘ir operatsiyani faqat O‘zbekistonning faol ko‘magi bilan amalga oshira oldik. Bu bizning yodimizda».
Anjey Duda O‘zbekiston fuqarolari bilan ham samimiy suhbatlashib, ularni qo‘llab-quvvatlashi va zarur yordam ko‘rsatishini aytib o‘tdi, deyiladi xabarda. “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Raqobat qo‘mitasi birjada Ai-80 benzini boshlang‘ich narxiga cheklov o‘rnatdi
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”