16:06 / 05.03.2022
1 076

Uch nafar o‘zbekistonlik Polsha chegarasida avtohalokatga uchradi

Uch nafar o‘zbekistonlik Polsha chegarasida avtohalokatga uchradi
Polsha chegarasida uch nafar O‘zbekiston fuqarosi avtohalokatga uchradi. Bu haqda O‘zbekistonning Ukrianadagi elchisi Alisher Kurmanov o‘zining Facebook’dagi sahifasi orqali ma’lum qildi.

O‘zbekistonning Ukrainadagi elchisining yozishicha, O‘zbekistonning uch fuqarosi: Hakimov Otabek Ravshanbek o‘g‘li (2001 yilda tug‘ilgan), Xusainov Behzod Jamoliddin o‘g‘li (2001 yilda tug‘ilgan) va Solohiddinov Sherzod Shavkat o‘g‘li (2001 yilda tug‘ilgan), Polsha chegarasiga kiraverishda avtohalokatga uchragan.

Dahshatli fojia natijasida Otabek Hakimov voqea joyida vafot etgan. Qolgan ikki nafar O‘zbekiston fuqarosi Lvovdagi shahar kasalxonasida.

Ushbu voqealarni inobatga olib, O‘zbekistonning Kiyevdagi elchixonasi zudlik bilan elchixona ko‘ngillilari guruhi vakili, malakali shifokor Temurbek Yusupovni Lvovga jo‘natgan. Uning Lvovga kelishi bugun, 5 mart kuni kutilmoqda.

«Hakimov Otabekning yaqinlariga hamdardlik bildirgan holda, jabrlangan vatandoshlarning barcha qarindoshlari va yaqinlarini ishontirib aytamizki, elchixona ularning hayotini saqlab qolish, jumladan, dori-darmonlar bilan ta’minlash va Ukrainaning yetakchi shifokorlari bilan maslahatlashish uchun barcha sa’y-harakatlarini amalga oshiradi», — deyiladi xabarda.

Shuningdek, elchixona Otabek Hakimovning jasadini o‘zbek an’analariga muvofiq mumkin bo‘lgan eng tez vaqtda o‘z vataniga jo‘natish bo‘yicha sa’y-harakatlarni amalga oshiradi.

«Shu bilan birga, biz bu masalani hal qilish mamlakatda olib borilayotgan harbiy harakatlar va ommaviy evakuatsiya tufayli murakkablashayotganini tushunishingizni so‘raymiz», — deya ta’kidlanadi xabarda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekiston Ukrainadagi o‘z fuqarolarini Polsha orqali evakuatsiya qilmoqda. 28 fevral kuni 5 martga qadar 14 ta aviareys bilan 3 245 nafar fuqaro vataniga qaytarildi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Uch nafar o‘zbekistonlik Polsha chegarasida avtohalokatga uchradi