Polsha AQSHdan G‘-16 qiruvchi samolyotlari evaziga Ukrainaga MiG-29 qiruvchi va Su-25 hujumchi samolyotlarini berishi mumkin. Bu haqda shanba kuni The Wall Street Journal AQSH ma’muriyatidagi manbalarga tayanib xabar bergan.
Nashrning ta’kidlashicha, prezident Vladimir Zelenskiy shanba kuni AQSH Kongressi a’zolariga Ukrainaga harbiy samolyotlar yetkazib berishni osonlashtirishni so‘rab murojaat qilgan. The Wall Street Journal manbalariga ko‘ra, Qo‘shma Shtatlar Polsha Kiyevga ma’lum miqdordagi MiG-29 va Su-25 samolyotlarini taqdim etish variantini ko‘rib chiqmoqda va Qo‘shma Shtatlarda ishlab chiqarilgan qiruvchilar Varshavaga topshirilishi mumkin. Nashrda jangovar samolyotlar soniga aniqlik kiritilmagan.
Gazetaning qayd etishicha, taklif qilingan kelishuv AQSH va uning NATOdagi hamkorlari o‘rtasida muhokama qilinmoqda. Bunday uskunalar almashinuvi Vashington va Varshava rahbariyati tomonidan tasdiqlanishi kerak, deb yozadi The Wall Street Journal.
Avvalroq Zelenskiy NATOdan Ukraina uzra parvozlarni taqiqlovchi hudud joriy etishni so‘ragan edi. Shu bilan birga, shanba kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin Rossiya boshqa davlatlarning Ukraina uzra uchish taqiqlangan hududni tashkil etishga urinishlarini harbiy harakatlarda ishtirok etish deb hisoblashi, bu butun dunyo uchun halokatli oqibatlarga olib kelishi haqida ogohlantirdi. AQSH va NATO vakillari avvalroq Ukraina uzra parvozlarni taqiqlovchi hududning joriy etilishi Rossiya bilan urush xavfini tug‘dirishini ta’kidlagan edi.
Qiruvchi samolyotlar1, Polsha1, Ukraina1, MiG-29 qiruvchi1, Su-25 hujumchi samolyot1, G‘-16 qiruvchi samolyot1 Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi