22:55 / 06.03.2022
1 319

Ukrainani o‘n kun davomida 1,5 million kishi tark etdi

Ukrainani o‘n kun davomida 1,5 million kishi tark etdi
Foto: RBK
Ukrainani tark etganlar soni o‘n kun ichida (urush boshlanganidan beri — tahr.) 1,5 million nafardan oshdi, deb bayonot berdi BMT.

Qo‘shni davlatlar chegaralariga eltuvchi yo‘llarda piyoda va mashinalarda ketayotgan son-sanoqsiz odamlar — bugungi Ukraina manzarasi.

BMT qochqinlar soni yanada oshishidan xavotirda: ularning soni 4 milliongacha yetishi mumkin...

Urushdan qochib odamlar Slovakiya, Vengriya, Moldovaga o‘tmoqda. Ruminiyaga Ukrainadan 63 ming nafardan ziyod odam qochib o‘tdi. Kimlardar bu mamlakatlarda qolishyapti, ayrimlari yo‘lda davom etyapti.

Qochqinlarni eng ko‘p qabul qilgan mamlakat — Polsha: shanba kuni qochqinlar soni 800 ming nafarga yetdi. Ular asosan ukrainaliklar. Biroq Polsha, O‘zbekiston, Belarus, Hindiston, Nigeriya, Jazoir, Marokash, Afg‘oniston, Pokiston, AQSH va Rossiya fuqarolari ham bor.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ukrainani o‘n kun davomida 1,5 million kishi tark etdi