Foto: «TASS»
Belarusdagi Belovejsk o‘rmonida Rossiya hamda Ukraina delegatsiyalari o‘rtasidagi muzokaralarning uchinchi raundi yakunlandi. Bu haqda Rossiyaning Minskdagi elchixonasi axborotiga tayanib, «Interfaks» xabar bergan.
Muhokamalar yopiq eshiklar ortida kechdi va uch soatdan ko‘proq davom etdi. Uchrashuv vaqtida tomonlar faqat bir marta tanaffus e’lon qilgan.
«Gumanitar yo‘laklardagi logistika masalasida bir qator yaxshi o‘zgarishlar mavjud. Vaziyatni tartibga solish yuzasidan bazaviy siyosiy blok, o‘t ochishni to‘xtatish va xavfsizlik kafolatlari bo‘yicha maslahatlashuvlar davom etmoqda», — deya uchrashuv yakunlaridan keyin axborot bergan Ukraina prezidenti ofisining maslahatchisi Mixail Podolyak.
Muzokaralar davomida Rossiya tomoni Ukraina delegatsiyasi oldiga gumanitar yo‘laklar masalasini qo‘ygan, deya bayonot qildi Rossiya prezidentining yordamchisi Vladimir Medinskiy.
Rossiya 8 martdan boshlab gumanitar yo‘laklarning ishlab ketishiga umid qilmoqda. Medinskiyaning so‘zlariga ko‘ra Ukraina buni ta’minlashga va’da bergan.
«Muzokaralardan kutgan umidlarimiz o‘zini oqlamadi. Kelasi safar odingga sezilarli darajadagi qadamlar qo‘yilishiga umid qilamiz», — deya qo‘shimcha qilgan Medinskiy.
Moskva va Kiyev delegatsiyalari Ukrainada urush boshlanganidan beri jami uch marta o‘zaro uchrashdi. Muzokaralarning birinchi raundi – 28 fevralda, 2-raundi esa 3 martda o‘tkazilgan. Rossiya va Ukraina urushi “Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
AQSH Isroilga puli to‘langan buldozerlarni bermadi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Shavkat Mirziyoyev: “Falastinlik bolalar va ayollarni beg‘araz davolashga tayyormiz”