07:30 / 10.03.2022
2 020

AQSH Rossiya neftining importini chekladi. Bu nimani anglatadi?

AQSH Rossiya neftining importini chekladi. Bu nimani anglatadi?
Foto: Bloomberg
AQSH Vakillar palatasi demokratlari chorshanba, 9 mart kuni ertalab Rossiyaga nisbatan siyosiy bosim kuchayib borayotgan bir sharoitda AQSHga Rossiya neftini import qilishni taqiqlovchi qonun loyihasini taqdim etdi. Bu haqda Bloomberg xabar bermoqda.

8 mart kuni AQSH prezidenti Jo Bayden Rossiya nefti va boshqa qazib olinadigan yoqilg‘i mahsulotlarini taqiqlashni amalga oshirishga qaratilgan bayonotlar bergan edi. Shundan keyin qonun loyihasi keyinroq ovoz berishga rejalashtirilgan edi.

Qonun loyihasi Rossiyadan neft, suyultirilgan gaz, ko‘mir, benzin va kerosin kabi qayta ishlangan mahsulotlarni import qilishni taqiqlaydi.

Qabul qilinganidan keyin 45 kun o‘tgach kuchga kiradigan Vakillar palatasining qonuni qonunchilar tomonidan Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishi sababli kuchayib borayotgan jamoatchilik g‘azabiga javob bo‘lgani aytilmoqda.

Rossiya tomoni Baydenning qaroriga javoban noaniq buyruq chiqardi va bunga javoban ba’zi tovarlar va xom ashyo savdosini cheklashini aytdi. Ammo cheklovlar qaysi mahsulotlarga ta’sir qilishi mumkinligi haqidagi asosiy tafsilotlar ochiqlanmadi.

Bu nima degani?
Ushbu chora Rossiyaning Jahon Savdo Tashkilotiga kirishini qayta ko‘rib chiqish masalasini ko‘taradi. Bundan tashqari bu kabi sanksiyalar neft narxini yanada ko‘tarishi mumkin.

Energetika tahlilchilarining ogohlantirishicha, agar xaridorlar Rossiya xom ashyosidan voz kechishda davom etsalar, narxlar bir barrel uchun 160 yoki hatto 200 dollargacha ko‘tarilishi mumkin. Bu esa AQSHda benzin narxi bir gallon uchun 5 dollardan oshishiga olib keladi.

Eng yirik ta’sir inflatsiyaga nisbatan bo‘ladi. AQSH hozirda so‘nggi 40 yildagi eng yuqori inflyatsiyani boshdan kechirmoqda va payshanba, 10 mart kuni e’lon qilinadigan ma’lumotlar iste’mol narxlari indeksining 7,9 foizga oshishini ko‘rsatmoqda.

Bu nafaqat amerikaliklarning, balki dastlab dunyoning rivojlangan va keyinchalik uchinchi dunyo davlatlarining turmush darajasi uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSH Rossiya neftining importini chekladi. Bu nimani anglatadi?