1 516
Xalqaro provayderlarning Rossiyadan ketishi tufayli O‘zbekistonda internet bilan muammolar yuzaga kelishi mumkin
Foto: Reuters / Valentin Ogirenko
Lumen magistral internet provayderi Rossiyadan ketishi haqida e’lon qildi. Dunyoning eng yirik magistrallaridan birini boshqaruvchi kompaniya Rossiya tashkilotlari bilan trafik almashinuvni to‘xtatishini ma’lum qildi.
Bundan tashqari, yana bir eng yirik asosiy internet provayderlardan biri bo‘lmish Cogent kompaniyasi ham Rossiyadan chiqib ketayotgani haqida e’lon qilgan.
Lumen va Cogent — Rossiyaning bir necha yetakchi kompaniyalari uchun xalqaro tranzit xizmatlarining yirik ta’minotchilaridir. Ularning mijozlari qatorida, masalan, «Rostelekom», «TTK» va VEON kompaniyalari bor.
- VEON va TTK Markaziy Osiyo mamlakatlarga internet tranziti bilan shug‘ullanadi. Shunday ekan, Lumen va Cogent Rossiyadan chiqib ketishi Qozog‘iston, Tojikiston va O‘zbekiston uchun ma’lum oqibatlarga sabab bo‘ladi, — deb izohlaydi Kentik tahliliy kompaniya vakillari.
Tahlilchilar provayderlarning ketishi Rossiya va Markaziy Osiyo mamlakatlaridagi internetning o‘chishiga sabab bo‘lmasligini, ammo internet kanallarning umumiy o‘tkazish imkoniyatini pasaytirishi va ularning ortiqcha yuklanishiga olib kelishini bildirmoqda. “Zamin” yangiliklarini “Odnoklassniki”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ukraina QK bosh qo‘mondoni: “Frontdagi vaziyat murakkab va keskinlashishi mumkin”
Tramp Putinga qo‘ng‘iroq qilib, Ukrainadagi urushni muhokama qildi
Frontdagi vaziyat: Rossiya harbiylari Kursk oblastida qarshi hujumga tayyorlanmoqda
Trampning o‘g‘li Zelenskiy yaqin orada «nafaqadan» mahrum bo‘lishini yozdi
Tomoshabinlar nafratiga uchragan, saratonni yenggan turk aktrisasi — Vahide Perchinning murakkab taqdiri
Immunitetni ko‘tarish uchun 6 ta eng yaxshi vitamin
NATO sobiq qo‘mondoni: “Putin Ukrainaning taxminan 20 foizini qo‘lga kiritadi”
Rossiya Kursk viloyatidagi hududlarini qaytarib olishga 50 ming harbiy to‘pladi